AQŞ rus nefti va gazini xarid qilayotgan davlatlarga nisbatan sanktsiya joriy etmoqçi

AQŞ rus nefti va gazini xarid qilayotgan davlatlarga nisbatan sanktsiya joriy etmoqçi
AQŞ prezidenti Donald Tramp Rossiyaga qarşi sanktsiyalarni kuçaytirişni nazarda tutuvçi qonun loyihasini qöllab-quvvatlaşini aytdi. Şu bilan birga, u Vaşington bu qonunni amalda qöllaşga majbur bölmasligiga umid bildirdi.Trampning aytişiça, AQŞ allaqaçon Rossiyaga nisbatan juda qattiq iqtisodiy sanktsiyalarni qöllab kelyapti. U Rossiya iqtisodiyoti yomon ahvolda ekanini, biroq mamlakat hajmi va qudrati jihatidan Ukrainadan ança katta ekanini takidladi.
Bundan oldin senator Lindsi Grem mazkur qonun loyihasi böyiça ovoz beriş kelasi hafta ötkazilişini malum qilgan. Uning sözlariga köra, hujjat prezidentga Rossiyadan neft va gaz xarid qilişda davom etayotgan davlatlarga nisbatan ikkinçi darajali sanktsiyalar va import bojlari joriy etiş huquqini beradi.
«Bugungi Prezident Donald Tramp bilan bir qator masalalar böyiça juda samarali uçraşuvdan söng, u (Donald Tramp, — tahr.) Rossiyaga qarşi ikkinçi darajali sanktsiyalar töğrisidagi qonun loyihasiga ruxsat berdi.Uşbu qonun loyihasi Prezident Trampga arzon Rossiya neftini sotib olib, Putinning uruş maşinasini yoqilği bilan taminlayotgan mamlakatlarni jazolaşga imkon beradi.
Şuningdek, bu hujjat Xitoy, Hindiston va Braziliya kabi mamlakatlar iqtisodiga ulkan tasir körsatadi. Bu esa ularni uruşni moliyalaştiruvçi arzon Rossiya neftini sotib olişni töxtatişga undaydi», – deb yozgan Grem X ijtimoiy tarmoğida.
Qonun loyihasini Kongressda demokratlar ham, respublikaçilar ham keng qöllab-quvvatlayotgani aytilmoqda.