Kremlyov kiçik Trampning töyi xarajatlarini “kötargani” malum böldi
Kremlga yaqin bölgan tadbirkor, Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) rahbari Umar Kremlyov AQŞ Prezidentining öğli kiçik Donald Trampning töyini moliyalaştirgani malum böldi. Biroq kiçik Tramp Kremlyov töyga sarflagan pullarni unga qaytargan. Bu haqda Amerika yetakçisi jurnalistlarga malum qildi.
Trampning fikriça, dösti uçun ziyofat haqini tölaş faktida heç qanday noqonuniy narsa bölmagan va özi ham köp marta şunday qilgan. Şunga qaramay, Prezidentning aytişiça, u uşbu voqeadan xabar topgaç, öğlidan bu haqda söragan va u: “Men unga pullarni qaytaryapman, dada”, deb javob bergan.
“U bunday bölişini xohlamagan edi, şuning uçun, eşitişimça, hammasini qoplab bergan”, deya qöşimça qilgan Tramp.
Oq uy rahbari, şuningdek, öğli Kremlyovning Rossiya rahbariyati bilan aloqalari haqida bilmagan bölişi mumkinligini, çunki “uning tarjimai holini tekşirib ötirmaganini” taxmin qilgan. Kiçik Trampga yaqin manba “The Waşington Post” naşriga mablağlar qaytarilgani faktini tasdiqlagan.
Bundan oldinroq kiçik Trampning rafiqasi Bettina Anderson “qadrdon dösti Umar” töyning özidan söng ikkita “hayratlanarli bayram keçasi”ni taşkillaştirib, yangi oila qurganlarga “favqulodda saxovatli töy sovğasi” qilganini aytgan.
“ProPublica” naşri Kremlyov Bagama orollaridagi xususiy orol ijarasini, muşakbozlikni va yuz minglab dollarlik yirik xarajatlarni tölaganini, uning jamoasi esa tantana tayyorgarligida iştirok etganini aniqlagan.
Suriştiruv elon qilingaç, AQŞ Vakillar palatasida kiçik Trampning maxfiy malumotlarga kiriş huquqi bor-yöqligi, Oq uyga Kremlyov bilan aloqalarini oçiqlagan-oçiqlamagani va bu yerda xorijdan aralaşuv yöqligini aniqlaşga kirişgan.
“Proyekt” malumotlariga köra, Kremlyov Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Xavfsizlik xizmatini boşqaradigan Aleksey Rubejniy bilan döst. Tovlamaçilik va kaltaklaş uçun sudlangan tadbirkorning qölida milliylaştirilgan “Rolf” avtodileri va boşqa aktivlar töplangan. Şuningdek, u Rossiyaning sirtdan bukmekerlik tizimini nazorat qiladi, jumladan, bir neçta şunday kompaniyalarning benefitsiari hisoblanadi. Joriy yilning aprel oyida Putin Kremlyovni “Döstlik” ordeni bilan mukofotlagan.
Kiçik Trampning vakili Kremlyovni uning dösti deb atagan va ular boksga hamda hordiq çiqarişga bölgan umumiy qiziqiş tufayli yaqinlaşganini aytgan. Rossiyalik tadbirkorning matbuot xizmati uşbu malumotni tasdiqlab, ular bir neça yil oldin tanişganini malum qilgan.
Malumot uçun, kiçik Donald Tramp va uning rafiqasi Bettina Andersonning nikoh töyi joriy yilning may oyida bölib ötgan. 21-22 may kunlari Florida ştatining Vest-Palm-Biç şahrida oila azolari iştirokida rasmiy nikoh marosimi ötkazilgaç, 22-24 may kunlari Bagama orollaridagi xususiy orolda döstlar va mehmonlar uçun uç kunlik dabdabali töy bayrami va ziyofatlari taşkil etilgan.