Eron AQŞga uruşni töxtatiş böyiça taklif yubordi
Eron Qatar orqali AQŞga uruşni töxtatiş böyiça öz şartlarini yubordi. Tehron barça frontlarda jangovar harakatlarni töxtatiş, muzlatilgan mablağlarni blokdan çiqariş va dengiz blokadasini bekor qilişni talab qilmoqda. Bu haqda Eron Milliy xavfsizlik oliy kengaşi kotibi Muhsin Rizoiy “Al Jazeera” telekanaliga malum qildi.
“Biz Qatar vositaçisi bilan aloqadamiz. U Vaşingtonga uruşni töxtatiş böyiça şartlarimizni yetkazdi. Endi bu masala yuzasidan Prezident Trampning javobini kutyapmiz”, degan Rizoiy.
Uning sözlariga köra, Eronning taklifida uruşni barça frontlarda töxtatiş, muzlatib qöyilgan moliyaviy mablağlarni blokdan çiqariş hamda dengiz blokadasini olib taşlaş kabi talablar bor.
Rizoiy, şuningdek, AQŞ va Isroilning harakatlari Eronga Yadro qurolini tarqatmaslik töğrisidagi şartnomadan çiqiş uçun asos berayotganini aytgan. Şu bilan birga, u Tehron marhum oliy rahbar tomonidan çiqarilgan yadro qurolidan foydalanişni taqiqlovçi fatvoga sodiq qolayotganini va Eronning yadroviy doktrinasi özgarmaganini takidlagan.
Malumot uçun, iyun örtalarida AQŞ va Eron tinçlik kelişuvini tuziş jarayonini boşlaşga qaratilgan memorandumni imzolagan edi. Biroq 3 hafta ötib, vaziyat yana keskinlaşgan. Vaşington Tehronni Hormuz böğozida tijoriy kemalarga hujum qilişda ayblaganidan söng, tomonlar örtasida zarbalar almaşinuvi qayta boşlangan.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Prezidenti Donald Tramp Vaşington Eron bilan uruşda tub buriliş bosqiçiga yaqinlaşayotganini aytib, bu borada tez orada muhim qarorni elon qiliş niyatida ekanini malum qilgan edi.