AQŞ Karib dengizida narkotik taşuvçi qayiqni yöq qildi. Qurbonlar bor
AQŞ armiyasi Karib dengizidagi kontrabanda yönalişida kartellar nomidan giyohvand modda olib ketayotgan qayiqqa hujum uyuştirdi. Zarba oqibatida 4 nafar “narko-terrorçi” halok böldi. Bu haqda AQŞ Janubiy qömondonligi malum qildi.
Qayd etilişiça, operatsiya davomida giyohvand modda taşiyotgani aniqlangan qayiq nişonga olingan.
AQŞ Janubiy qömondonligi bayonotida aytilişiça, mazkur operatsiya Karib dengizidagi kontrabanda yönalişlaridan birida ötkazilgan. Hujum oqibatida 4 nafar “narko-terrorçi” halok bölgan.
Şuningdek, AQŞ armiyasi qayiq qaysi narkokartel bilan boğliq ekani, operatsiyani qaysi kuçlar amalga oşirgani hamda hujumning boşqa tafsilotlarini oşkor qilmagan.
Malum qilinişiça, AQŞ Janubiy qömondonligi Karib dengizi va Lotin Amerikasi atrofidagi dengiz yöllarida xalqaro narkokartellarning faoliyatiga qarşi operatsiyalar olib bormoqda. Mazkur hujum ham giyohvand modda kontrabandasiga qarşi kuraş doirasida amalga oşirilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Karib dengizida taqiqlangan moddalarni taşiyotgani aytilayotgan ikki qayiqqa zarba bergandi. Amaliyot oqibatida beş kişi halok bölgan.