AQŞ harbiylari Ekvadorda ham maxsus operatsiya boşladi
4-03-2026, 16:17
230 марта

AQŞ harbiylari Ekvadorda ham maxsus operatsiya boşladi
AQŞ harbiylari Ekvadorda terroristik taşkilotlarga qarşi qöşma operatsiyani boşladi. Bu haqda bugun, 4 mart kuni Pentagonning Janubiy qömondonligi (U.S. Southern Command) özining X sahifasida xabar berdi.Malum qilinişiça, operatsiya AQŞ va Ekvador qurolli kuçlari hamkorligida olib borilmoqda. Pentagonning Janubiy qömondonligi rahbari, general Frensis L. Donovan uşbu harbiy harakatlar tafsilotlarini oçiqlab, operatsiya Ekvador hududida terrorçi deb topilgan va narko-jinoiy faoliyat bilan şuğullanayotgan guruhlarga qarşi qaratilganini bildirdi.
“Birgalikda biz uzoq yillar davomida butun mamlakat böylab fuqarolar orasida terror, zöravonlik va korruptsiyani keltirib çiqargan narko-terrorçilarga qarşi qatiy çoralar körmoqdamiz”, deyiladi rasmiy bayonotda.General Donovan öz murojaatida Ekvador harbiylariga hamkorlik va say-harakatlari uçun minnatdorlik bildirgan. Uning takidlaşiça, qöşma operatsiya mintaqada xavfsizlikni mustahkamlaş, transmilliy jinoyatçilik tarmoqlariga zarba beriş hamda narkotik moddalar savdosiga qarşi kuraşişga qaratilgan.