Pokiston Afğonistonga havo hujumi uyuştirdi. Qurbonlar bor
Afğonistonning şimoli-şarqidagi Kunar viloyatiga Pokiston tomonidan amalga oşirilgan havo hujumi oqibatida kamida 3 kişi halok böldi, yana bir neça kişi yaralandi. Bu haqda “Tolo News” xabar berdi.
Qayd etilişiça, hodisa Pokistonning şimoli-ğarbidagi politsiya obektiga hujum qilinganidan ikki kun ötib sodir bölgan.
Mazkur voqea bir neça yil içidagi eng oğir töqnaşuvga fevral oyida kirişgan qöşni davlatlar örtasidagi qurolli mojaroning yana avj olişi xavfini kuçaytirmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Pokiston tibbiyot regulyatori mamlakatdagi tibbiyot va stomatologiya oliygohlarida tahsil olayotgan afğonistonlik talabalarni Afğonistonga qaytişga majbur qilayotgani xabar qilingandi.