USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Pokiston Afğonistonga hujum qildi. 29 nafar jangari halok böldi

86 марта
Покистон Афғонистонга ҳужум қилди. 29 нафар жангари ҳалок бўлди

Keça, 28 iyun kuni Pokiston xavfsizlik kuçlari Pokiston – Afğoniston çegarasida quruqlik va havodan maxsus amaliyot ötkazib, kamida 29 nafar jangarini yöq qildi. Bu haqda Pokiston Axborot vaziri Attaulloh Tarar özining X ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida malum qildi.

Attaulloh Tararning yozişiça, quruqlikdagi operatsiyalar davomida “Jamoat ul-Ahror” guruhiga aloqador tört nafar jangari öldirilgan. Uning aytişiça, Afğonistonning Paktiya, Paktika va Kunar viloyatlaridagi uçta nişonga berilgan havo zarbalari oqibatida yana 25 nafar jangari hamda katta miqdordagi qurol-yaroğ va öq-dorilar yöq qilingan.

Afğonistondagi “Tolibon” muvaqqat hukumati rasmiy vakili Zabihulloh Mujohid ham Pokiston havo hujumlari oqibatida önlab odamlar halok bölgani va jarohatlanganini malum qilgan.

“Hujumlar oqibatida önlab tinç aholi, jumladan, ayollar va bolalar halok böldi hamda jarohatlandi. Biz bu qörqoqona tajovuzni qatiy qoralaymiz va uni jinoyat hamda şafqatsizlik harakati deb hisoblaymiz”, degan Mujohid.

Pokiston tomoni esa operatsiyalar mamlakatda sönggi vaqtlarda sodir etilgan bir qator terrorçilik hujumlariga javob sifatida amalga oşirilganini bildirgan. Malum qilinişiça, 27 iyun kuni “Jamoat ul-Ahror” guruhi Karaçi şahridagi Sind reynjerlari obektiga bomba va qurolli hujum uyuştirgan. Hujum oqibatida uç nafar harbiylaştirilgan kuçlar xodimi halok bölib, yana tört kişi jarohatlangan.

Malumot örnida, Islomobod Qobulni Pokiston hududida hujumlar rejalaştirayotgan jangarilarga boşpana berayotganlikda ayblab keladi. “Tolibon” hukumati esa bu ayblovlarni rad etib, qurolli guruhlar faoliyati Pokistonning içki muammosi ekanini takidlamoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Pokiston tomonidan Afğonistonning uçta viloyatiga zarba berilişi oqibatida 13 kişi halok bölib, ulardan 11 nafari bolalar ekani aytilgandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: