USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Berlin saylovida turkiyalik ayolning partiyasi ğalaba qozondi

114 марта
Берлин сайловида туркиялик аёлнинг партияси ғалаба қозонди

Germaniya poytaxti Berlinda keça, 20 sentyabr kuni bölib ötgan ştat saylovida çap qanotdagi Söl partiyasi ğalaba qozondi va xususiy uy-joy şirkatlarini davlat tasarrufiga ötkazişni vada qildi. Bu haqda partiyaning yetakçi nomzodi Elif Eralp malum qildi.

Elif Eralp uy-joy narxlarining keskin oşişiga etibor qaratgan va saylovdan söng şahardagi uy-joy fondining katta qismini boşqaradigan xususiy uy-joy şirkatlarini davlat tasarrufiga ötkaziş vadasini amalga oşirişini bildirgan.

Saylov natijalari Söl partiyasining avvalgi natijasi deyarli ikki barobarga oşganini körsatgan. Bu Eralpga Germaniya birlaşganidan 36 yil ötib, sobiq Şarqiy Germaniya kommunistik partiyasi negizida şakllangan Söl partiyasidan Berlinning birinçi meri böliş imkonini berişi mumkin.

20 sentyabr kuni keçqurun ovozlarni sanaş hali davom etayotgan bölsa-da, Söl partiyasi kantsler Fridrix Merts boşçiligidagi konservativ Xristian-demokratik ittifoqni (CDU) merlik lavozimidan siqib çiqarişi aniq bölgan.

“Bugundan boşlab Berlinni birgalikda özgartiramiz”, degan Eralp partiya azolari oldida.

Söl partiyasi 25,3 foiz ovoz töplagan. CDU 19 foiz bilan ikkinçi, öta öngçi “Germaniya uçun alternativa” (AfD) partiyasi 16 foiz bilan uçinçi bölgan. Markaz-söl Sotsial-demokratik partiya (SPD) esa 12,1 foiz ovoz olgan.

45 yoşli Elif Eralp saylov natijalari elon qilinganidan keyingi birinçi bayonotida poytaxtda ijara uylaridan foydalaniş tobora qiyinlaşayotganini eng katta ijtimoiy muammo deb atagan. Turkiyalik söl qaraşli ota-onaning qizi bölgan Eralpning ota-onasi 1980 yildagi davlat töntarişidan söng Germaniyaga qoçib kelgan.

Eralp 2021 yilda ötkazilgan referendum natijalariga muvofiq uy-joy şirkatlarini davlat tasarrufiga ötkaziş va Berlindan spekulyatsiyani siqib çiqarişga vada berdi. Öşa referendumda saylovçilarning 58 foizi uy-joylarni davlat tasarrufiga ötkaziş böyiça takliflarni qöllab-quvvatlagan.

Biroq taxminan 220 mingta uy-joyni davlat mulkiga ötkazişni nazarda tutuvçi uşbu siyosat amalga oşirilişi hozirça noaniq. SPD boş kotibi Tim Klyussendorfning aytişiça, uy-joy şirkatlarini davlat tasarrufiga ötkaziş taxminan 20 milliard yevro talab qilişi mumkin.

Infratest Dimap sörovnomasiga köra, respondentlarning atigi 37 foizi bunday taşabbusni qöllab-quvvatlagan.

Berlindagi saylov Germaniyaning Meklenburg – Ğarbiy Pomeraniya hududidagi saylov bilan bir kunda bölib ötgan. AfD 6 sentyabr kuni Saksoniya-Anhaltdagi muvaffaqiyatidan söng uşbu hududda ham birinçi örinni egalladi. Partiya Berlinda ham öz tarixidagi eng yuqori natijani qayd etdi.

Biroq AfD eng köp etiborni jalb qilgan bölsa-da, Söl partiyasi ham markaz-söl va markaz-öngdagi ananaviy partiyalarga nisbatan umumiy işonçsizlikdan foyda kördi.

Joriy yilda ötkazilgan boşqa törtta ştat saylovida bölgani kabi, Germaniya iqtisodiyotining oğir ahvoli va mamlakatning kelgusi yönalişi borasidagi noaniqlik Berlindagi saylovlarga ham tasir körsatdi. Saylov kampaniyasida asosiy etibor esa ijara narxlariga qaratildi.

Şu bilan birga, Eralp oldida muhim tösiqlar qolmoqda. SPD va “Yaşillar” partiyasi Söl partiyasi bilan koalitsiya tuzişga tayyor ekanini bildirgan. Biroq “Yaşillar” rahbari Feliks Banaszak Berlindagi Söl partiyasining ayrim azolariga nisbatan bildirilgan antisemitizm ayblovlariga oydinlik kiritilişi kerakligini aytgan.

“Antisemitizmga qarşi kuraşiş böyiça aniq majburiyat kerak. Aks holda, biz bilan hamkorlik amalga oşmaydi”, degan u.

Söl partiyasi tizimli antisemitizm haqidagi ayblovlarni rad etadi. Partiya antisemitizm, irqçilik va jinsiy separatizmni öz içiga olgan guruhga asoslangan adovatning barça şakllariga qarşi ekanini bildirgan. Partiya Banaszakning talabiga darhol munosabat bildirmagan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: