Facebook va Instagram’da katta uzilişlar: tarmoqlar işlamay qoldi
Meta kompaniyasiga tegişli Facebook va Instagram ijtimoiy tarmoqlarida AQŞda minglab foydalanuvçilar uçun uzilişlar kuzatildi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Keça, 20 sentyabr kuni Downdetector.com saytida Facebook işlamayotgani böyiça 17 mingdan ortiq murojaat qayd etilgan. AQŞ şarqiy qirğoği vaqti bilan soat 21:11 holatiga köra, Instagram’da ham 5 mingdan ortiq uzilişlar haqida xabar kelib tuşgan.
Malumotlarga köra, Downdetector turli manbalardan foydalanuvçilar yuborgan xabarlarni jamlaş orqali internet xizmatlaridagi nosozliklarni kuzatib boradi.
Meta kompaniyasi yuzaga kelgan nosozlik yuzasidan “Reuters”ning izoh söroviga darhol javob bermagan.
Qayd etilişiça, Downdetector’dagi körsatkiçlar foydalanuvçilarning murojaatlariga asoslangan. Şu sababli, muammoga duç kelgan foydalanuvçilarning haqiqiy soni saytda qayd etilgan raqamlardan farq qilişi mumkin.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞning 29 ta ştati Meta Platforms kompaniyasini Facebook va Instagram platformalari bolalar hamda ösmirlarda qaramlik keltirib çiqaradigan va ularning ruhiy salomatligiga salbiy tasir körsatadigan tarzda işlab çiqilganida ayblab, sudga davo arizasi kiritgan edi.