Merts öz partiyasi mağlubiyatidan söng ham kantslerlikdan ketmasligini aytdi
Avvalroq, Germaniya kantsleri Fridrix Merts boşçiligidagi Xristian-demokratik ittifoq (XDS) keça, 20 sentyabr kuni Meklenburg – Ğarbiy Pomeraniya va Berlinda bölib ötgan ştat saylovlarida jiddiy mağlubiyatga uçragani xabar qilingandi. Şundan söng, Merts saylov natijalarini “halokat” deb atadi. Bu haqda “Deutsçe Welle” xabar berdi.
Qayd etilişiça, Germaniya rahbari şu bilan birga islohotlarni davom ettiriş niyatida ekanini, buning uçun qatiyat, bardoş va sabr körsatiş kerakligini aytgan hamda kantsler lavozimidan istefoga çiqişi mumkinligi haqidagi gaplarni rad etgan.
Malum qilinişiça, Meklenburg – Ğarbiy Pomeraniyada XDS 4,9 foiz ovoz olgan. Ştat parlamentiga kiriş uçun kamida 5 foiz ovoz talab etilgani sababli, partiya tarixda birinçi marta uşbu ştat parlamentidan örin ololmagan.
Bu yerda birinçi örinni “Germaniya uçun alternativa” (AfD) partiyasi 38,2 foiz ovoz bilan egalladi. Sotsial-demokratik partiya (SPD) 35,5 foiz bilan ikkinçi, Söl partiya 6,5 foiz, “Yaşillar” esa 5,7 foiz bilan keyingi örinlarni oldi.
AfD 2021 yilgi saylovda 16,7 foiz ovoz olgan edi. Bu safar partiyaning natijasi 38,2 foizga yetgan. Biroq partiya boşqa siyosiy kuçlar bilan koalitsiya tuziş imkoniga ega emas, çunki qolgan partiyalar AfD bilan hamkorlik qilişni istamayapti.
Meklenburg – Ğarbiy Pomeraniya hukumati rahbari, SPD vakili Manuela Şvezig saylov kampaniyasini asosan AfD bilan raqobatga qurgan. U saylov kuni köplab saylovçilar Ukrainani moliyaviy va harbiy qöllab-quvvatlaşga, şuningdek, “Şimoliy oqim” orqali gaz yetkazib berişni tiklaşga qarşi ekanini aytgan.
“Birinçidan, mening federal yerimda köpçilik ukrainaliklarni moliyaviy va harbiy qöllab-quvvatlaşga qarşi. AfD saylov kampaniyasini aynan şu masalaga faol etibor qaratdi. Ikkinçidan, köpçilik “Şimoliy oqim” orqali gaz yetkazib berişni qayta tiklaşni xohlaydi”, degan Şvezig mahalliy ZDF telekanaliga.
Uning takidlaşiça, SPD bu ikki pozitsiyaning heç birini qöllab-quvvatlamaydi, partiya buning natijasida ovoz yöqotişini tuşungan, biroq hozirgi şaroitda printsipial pozitsiyani saqlaş muhim deb hisoblagan.
Şvezig Mertsning saylov natijalariga munosabatini ham tanqid qilgan. U kantsler “özidan halol ravişda heç narsa bölmagandek işlaşda davom eta oladimi, deb söraşi kerak”, deb aytgan.
Bildirilişiça, SPD 35,5 foizlik natija bilan Söl partiya va “Yaşillar” bilan koalitsiya tuziş imkoniga ega bölgan.
Berlinda Söl partiyasi ğalaba qozondi
Berlinda esa Söl partiyasi 25,7 foiz ovoz bilan birinçi örinni egalladi. Bu partiyaning 2023 yilgi natijasidan deyarli ikki barobar köp degani. XDS 18,8 foiz bilan ikkinçi örinni oldi. AfD 16,3 foiz bilan uçinçi böldi. “Yaşillar” 14,3 foiz, SPD esa 12,1 foiz ovoz töpladi. Saylovda iştirok etiş körsatkiçi 74,2 foizni taşkil qildi.
Söl partiyaning asosiy talablaridan biri yirik uy-joy kontsernlariga tegişli taxminan 200 mingta xonadonni davlat tasarrufiga ötkazişdir. Partiya Deutsçe Wohnen, Heimstaden va Vonovia kabi kompaniyalarni uy-joy tanqisligidan foydalanib, ijara haqlarini oşirişda ayblamoqda.
2021 yilda Berlinda ötkazilgan referendumda saylovçilarning 59,1 foizi yirik uy-joy kompaniyalariga tegişli obektlarni ijtimoiylaştiriş taşabbusini qöllab-quvvatlagan. Avvalroq, Söl partiyaning Berlin meri lavozimiga nomzodi Elif Eralp saylov natijalaridan keyin bu rejani amalga oşirişini bildirgani xabar qilingandi.
“Biz kvartirada yaşaş imkoniyati insonning asosiy huquqi ekanini takidlaymiz va bu huquqni spekulyatsiyadan himoya qilmoqçimiz”, degan edi Eralp saylovdan oldin.
Biroq Söl partiyasi hukumat tuzişi uçun SPD va “Yaşillar” bilan koalitsiya tuzişi kerak. Matematik jihatdan bunday koalitsiya mumkin bölsa-da, muzokaralar murakkab keçişi kutilmoqda.
“Yaşillar” hamraisi Feliks Banaszak Söl partiyasi bilan muloqotning asosiy şarti antisemitizmga qarşi aniq bayonot bölişini aytgan. SPD esa uy-joylarni davlat tasarrufiga ötkaziş rejasiga tanqidiy munosabat bildirgan.
Merts istefoga çiqmasligini bildirdi
Saylov natijalari Mertsning kantslerlik faoliyatiga bosimni kuçaytirdi. Biroq kantsler natijalardan keyin islohotlarni davom ettirişini bildirdi va istefoga çiqiş niyati yöqligini körsatdi.
Merts öz nutqida Germaniyadagi iqtisodiy muammolar va jamiyatdagi bölinişlarga işora qilib, mamlakatni kelajakka tayyorlaş uçun islohotlar zarurligini takidlagan. U özining va hukumatining bu jarayon uçun masuliyatni öz zimmasiga olişini aytgan. Şuningdek, kantsler islohotlarni avtoritar zaharga qarşi vosita sifatida körişini bildirgan.
Mertsning XDS raisi va kantsler lavozimlarini saqlab qolişga qaror qilgani haqidagi bayonoti saylovlardan bir neça kun oldin tayyorlangani xabar qilingan. Biroq buning özi yetarli emas – u öz partiyasida ham qöllab-quvvatlanişi kerak.
16 sentyabr kuni XDS/XSS blokiga kiruvçi 8 ta federal yer hukumati rahbari bayonot berib, Germaniyaga kadrlar haqidagi bahslar emas, işonçlilik va qatiy harakatlar kerakligini qayd etgan. Biroq uşbu bayonot Mertsni sözsiz qöllab-quvvatlaş sifatida baholanmagan, çunki unda kantslerning ismi ham tilga olinmagan.
Malumot uçun, Merts bugun, 21 sentyabr kuni XDS rahbariyati bilan, ertaga, 22 sentyabr kuni esa Bundestagdagi partiya fraktsiyasi bilan uçraşadi.