USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲ USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Italiya maktablarida burqa va niqob taqiqlanişi mumkin

65 марта
Италия мактабларида бурқа ва ниқоб тақиқланиши мумкин

Italiya hukumati maktablarda burqa va niqob öraşni taqiqlaş, sinflardagi xorijlik öquvçilar sonini çeklaş hamda ayrim xorijlik öquvçilarning ota-onalariga italyan tilini örganiş majburiyatini yuklaşni rejalaştirmoqda. Bu haqda mamlakat Boş vaziri Jorjiya Meloni malum qildi.

Qayd etilişiça, tegişli çora yaqin orada hukumat yiğilişida taqdim etiladi. Unga köra, har bir sinfda talim olişi mumkin bölgan xorijlik öquvçilar soniga maksimal çegara belgilanadi.

Şuningdek, maktab tizimiga moslaşişda jiddiy qiyinçiliklarga duç kelayotgan xorijlik öquvçilarning ota-onalari italyan tilini örganişi talab qilinadi. Boş vazirning aytişiça, sinfda italyan tilini tuşunmaydigan bitta öquvçi bölsa, u sinfdoşlari va öqituvçilar yordamida tilni tez örganişi hamda talim muhitiga moslaşişi mumkin. Biroq bunday öquvçilar soni köpayib, hatto köpçilikni taşkil etsa, bu integratsiya emas, balki etiborsizlikka aylanadi.

Meloni sinflardagi xorijlik öquvçilar soni böyiça qança limit örnatilişi haqida hozirça aniq raqam keltirmagan. Fondazione ISMU tadqiqot institutining malumotlariga köra, Italiya maktablarida tahsil olayotgan öquvçilarning 11,6 foizi mamlakat fuqarosi hisoblanmaydi.

Meloni, şuningdek, maktabga öquvçilar yuzini oçiq holda borişi kerakligini takidlagan. Uning sözlariga köra, Italiyada heç kim haqiqiy yoki öylab topilgan anana bahonasida yoş ayol yuzini berkitişi kerak degan qarorga kela olmaydi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Avstriyada yangi öquv yili boşlanişi bilan 14 yoşga tölmagan qizlarning maktablarda hijob va boşqa ananaviy römollarni öraşi taqiqlangani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: