USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Endi öquvçilar davomati “aqlli” kameralar bilan nazorat qilinadi

124 марта

Endi öquvçilar davomati “aqlli” kameralar bilan nazorat qilinadi

Toşkent şahrining Mirzo Uluğbek tumanidagi ayrim maktablarga sinov tariqasida örnatilayotgan “aqlli” kameralar yordamidan öquvçilar davomati nazorat qilinadi. Bu haqda Maktabgaça va maktab talimi vazirligi xabar berdi.


Qayd etilişiça, Maktabgaça va maktab talimi vazirligi, Içki işlar vazirligi, Mudofaa vazirligi hamda Özbekiston mahallalari uyuşmasining 2025 yil 18 sentyabrdagi qöşma qarori bilan tasdiqlangan tegişli nizom talablariga köra:
  • maktab öquvçilarining davomati sinf miqyosida fan öqituvçilari va sinf rahbarlari tomonidan “e-maktab” platformasi orqali har kuni belgilab boriladi.
  • Nizomga asosan maktabda faoliyat yurituvçi inspektor-psixolog tomonidan sababsiz dars qoldiruvçi öquvçilarning ota-onasi yoki ularning örnini bosuvçi şaxslarga dastlab örnatilgan tartibda rasmiy ogohlantiriş xati yuboriladi.
Bunda ota-onalar yoki ularning örnini bosuvçi şaxslardan öquvçining maktabga talim olişi uçun muntazam borişini taminlaş söraladi hamda mazkur qonuniy talabni bajarmaslik ularga nisbatan tegişli qonuniy javobgarlik belgilanişiga sabab bölişi haqida ogohlantiriladi.
Şuningdek, öquvçilarning muntazam ravişda darslarga qatnaşmaslik holatlari aniqlanganda, ota-onalar yoki ularning örnini bosuvçi şaxslarni Mamuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 47-moddasiga köra tegişli javobgarlikka tortiş çorasi köriladi.
“Aytiş lozimki, ayni vaqtda poytaxtimizning Mirzo Uluğbek tumanidagi ayrim maktablarga sinov tariqasida örnatilayotgan “aqlli” kameralar mazkur jarayonlarni yanada samarali taşkil etişda maktab mamuriyatiga katta kömak berişi tabiiy”, deyiladi xabarda.
Bildirilişiça, bu maktab jamoasi, balki ota onalarning ham öz farzandlarini talim olişi va darslarga qatnişişini onlayn nazorat qiliş, şuningdek, ularning xavfsizligini taminlaşda muhim ahamiyat kasb etadi.
Malumot uçun, Mamuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 47-moddasidan:
  • ota-onalar yoki ularning örnini bosuvçi şaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalaş va ularga talim beriş borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik, şu jumladan voyaga yetmagan bolalarning mamuriy huquqbuzarlik sodir etişiga olib kelişi bazaviy hisoblaş miqdorining bir baravaridan beş baravarigaça miqdorda;
  • xuddi şunday huquqbuzarliklar mamuriy jazo çorasi qöllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bölsa, bazaviy hisoblaş miqdorining beş baravaridan ön baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab böladi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: