AQŞ Grenlandiyada yana ikki harbiy baza oçmoqçi
AQŞ Daniya va Grenlandiya bilan tuziladigan kelişuv doirasida Grenlandiyada Sovuq uruş davrida faoliyat yuritgan harbiy bazani qayta tiklaş va yana bir harbiy obekt taşkil etişni rejalaştirmoqda. Bu haqda kelişuvdan xabardor bölgan uç kişiga tayanib, “Reuters” xabar berdi.
Naşrga köra, AQŞ janubiy Grenlandiyadagi Narsarsuakda harbiy bazani qayta oçişi, şarqiy sohildagi Mestervigda esa yana bir harbiy obekt taşkil qilişi rejalaştirilmoqda.
Manbalardan ikki nafarining aytişiça, Narsarsuakda AQŞ 1950-yillarda yopgan Bluie West One harbiy bazasi joylaşgan. Hozirda bu hudud aholisi bir neça ön kişigaça kamaygan.
Mestervigda esa hozir Daniya maxsus kuçlariga qaraşli Sirius Dog Sled Patrol — çana itlari patruli faoliyat yuritadi.
Daniya, Grenlandiya va AQŞ yangi kelişuvni bugun, 22 sentyabr kuni Nyu-Yorkda BMT Boş Assambleyasi yiğilişi doirasida imzolaşi kutilmoqda. Marosim AQŞ Şarqiy vaqti bilan soat 10:30 da, Toşkent vaqti bilan soat 19:30 da ötkazilişi rejalaştirilgan.
Kelişuv matni hozirça oçiqlanmagan. Manbalarning “Reuters” agentligiga aytişiça, hujjatning ayrim tafsilotlari uni imzolaşga qadar yakuniy şaklga keltirilmaydi.
Daniya va Grenlandiya hukumatlari agentlikning kelişuv yuzasidan izoh beriş söroviga javob bermagan.
Qayd etilişiça, Oq uy vakili ham kelişuv tafsilotlariga izoh berişdan boş tortgan. U kelişuv imzolanişi Grenlandiya va AQŞ xavfsizligini “taminlaş va himoya qiliş”ini takidlagan avvalgi bayonotni takrorlagan.
Daniya esa kelişuv Arktika xavfsizligini faqat AQŞ va Daniya zimmasiga qoldirmasdan, uni NATO nazoratiga ötkazişini bildirgan.
Mazkur kelişuv AQŞ Prezidenti Donald Trampning bir neça oy davomida Grenlandiya masalasida bosim ötkazganidan keyin tuzilmoqda. Tramp uzoq vaqtdan beri AQŞ Grenlandiya ustidan nazorat örnatişi kerakligini aytgan va ayrim hollarda Daniyaga qaraşli avtonom hududni qölga kiritiş uçun harbiy yoki iqtisodiy kuç işlatiş ehtimolini ham istisno qilmagan.
Naşr malumotiga köra, Grenlandiya aholisining mutlaq köpçiligi Trampning bu ğoyasini rad etgan. Trampning tahdidlari yanvar oyida avjiga çiqqan va NATO içida diplomatik inqirozni keltirib çiqargan, şuningdek, Daniya va Grenlandiyani Vaşington bilan muzokaralarga kirişişga undagan.
Sovuq uruş davrida AQŞ Grenlandiyada 17 ta harbiy inşoot va 10 mingdan ortiq harbiy xizmatçiga ega bölgan. Hozir esa orolda AQŞning faqat Pituffik kosmik bazasi qolgan bölib, u yerda taxminan 150 nafar amerikalik harbiy xizmatçi bor.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ mamuriyati NATO va Grenlandiya bilan hamkorlikda Qöşma Ştatlar uçun “hayratlanarli” bölgan kelişuv ustida işlayotgani haqida xabar berilgan edi.