Turkiyada litseyga qurolli hujum uyuştirildi. Qurbon bor
Bugun, 22 sentyabr kuni Turkiyaning Manisa viloyati Turgutlu tumanidagi litsey oldida nomalum şaxs qurol bilan atrofga tasodifiy öq uzdi. Hujum oqibatida bir öquvçi halok böldi, 8 kişi jabrlandi. Bu haqda “Sözcü“ xabar berdi.
Qayd etilişiça, voqea soat 08:00 atrofida Turgutlu tumanining “Albayrak” mahallasida joylaşgan Inji Uzmez kasb-hunar va texnik Anadölu litseyi oldida sodir bölgan.
Dastlabki malumotlarga köra, bir şaxs nomalum sababga köra, maktab oldida qurol bilan atrofga öq uzgan.
Hujum vaqtida öquvçilarning yaralgani haqida “112” Favqulodda çaqiruv markaziga xabar kelib tuşgan. Şundan söng voqea joyiga köplab politsiya xodimlari va tibbiyot guruhlari yuborilgan.
Malum qilinişiça, gumonlanuvçi voqea joyidan piyoda qoçib ketgan. Keyinçalik quroldan öq uzgan deb gumon qilingan şaxs xavfsizlik kuçlari tomonidan qölga olinib, hibsga olingan. Jarohatlanganlar eng yaqin tibbiy muassasaga yetkazilgan.
Voqea joyida xavfsizlik çoralari körilgan. Hodisa böyiça sud va mamuriy tergov boşlangan. Voqea tafsilotlari va tergov jarayoni haqida qöşimça malumotlar keyinroq jamoatçilikka yetkazilişi aytilgan.
“Turgutlu tumanidagi Inji Uzmez kasb-hunar va texnik Anadölu litseyiga yaqin hududda qurol bilan öq uzilgani haqida xabar kelib tuşdi. Xabar ortidan voqea joyiga huquqni muhofaza qiluvçi organlar va tibbiyot xodimlari yuborildi. Xodimlarimizning hodisa yuzasidan işlari davom etmoqda. Jamoatçilikka voqea rivoji haqida qöşimça malumot beriladi”, deyiladi Manisa viloyati hokimligi bayonotida.
Eslatib ötamiz, avvalroq ham Turkiyaning Şonliurfa viloyati Siverek tumanida joylaşgan litseyda qurolli hujum sodir bölgandi.