Bodrumdagi restoranda 28 yoşli erkak otib öldirildi
Bugun, 13 iyulga ötar keçasi Turkiyaning Muğla viloyati Bodrum tumanidagi restoranda sodir bölgan qurolli hujum oqibatida 28 yoşli Muhammer Bilik halok böldi. Bu haqda “Cumhuriyet” xabar berdi.
Mahalliy OAV xabariga köra, hodisa Bitez sohilidagi restoranlardan birida mahalliy vaqt bilan 00:30 atrofida sodir bölgan. Muhammer Bilik uç nafar tanişi bilan ovqatlanayotgan paytda hojatxonaga çiqqan. U stoliga qaytayotganida nomalum şaxs uning ortidan bir neça bor öq uzgan.
Qayd etilişiça, hujum qilgan şaxs voqea joyidan qoçib, şu atrofdagi köçada uni kutib turgan mototsiklga ötirgan va yaşiringan.
Otişma ovozlaridan söng restoran mijozlari vahimaga tuşib, hududni tark etgan. Voqea haqida favqulodda xizmatlarga xabar berilgan.
Hodisa joyiga yetib borgan tibbiyot xodimlari Muhammer Bilikni voqea joyining özida vafot etganini aniqlagan. Şundan söng hudud politsiya tomonidan örab olinib, Bodrum prokuraturasi jinoyat yuzasidan tergov boşlagan.
Dastlabki suriştiruvlarga köra, qurolli hujumni amalga oşirgan şaxs voqeadan avval Bitez sohilidagi bir neçta muassasalarga kirib, Muhammer Bilikni qidirgan. Hozirda gumondorni qölga oliş böyiça qidiruv işlari davom etmoqda.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 10 iyul kuni keçasi amerikalik basketbolçi Kayna Roçford Nyu-Yorkdagi turnirda öyinlar oraliğidagi tanaffus paytida otib öldirilgan edi.