USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Turkiyada yana bir özbekistonlik ayol jinsiy zöravonlikka uçradi

340 марта

Turkiyada yana bir özbekistonlik ayol jinsiy zöravonlikka uçradi

Turkiyaning Bodrum şahrida Özbekiston fuqarosi bölgan 36 yoşli M.S. uyiga ketiş uçun mingan avtomobilda ikki erkakning jinsiy tajovuziga uçradi. Bu haqda bugun, 19 mart kuni “Sözcü” xabar berdi.

Qayd etilişiça, 36 yoşli Özbekiston fuqarosi M.S. Muğla viloyatining Bodrum tumanidagi Yalikavak mahallasi Gökçebel hududida yöl çetida yönalişli taksi kutib turgan bölgan. Yoniga töxtagan avtomobildagilar uni boradigan joyiga olib borib qöyişini aytgaç, maşinaga çiqqan. Biroq avtomobil uning Turkbuku mahallasidagi uyiga emas, quriliş maydoniga qarab harakatlangan.
M.S.ning aytişiça, maşinadagilar uni quriliş joyiga olib borib, ölim bilan tahdid qilgan va zörlagan. Zöravonlik paytida erkaklardan biri videoga olgan va şikoyat qilsa, tasvirlarni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatiş bilan tahdid qilgan. Voqeadan söng jinoyatçilar M.S.ning sumkasi, telefoni va pulini olib qoçib ketgan.

Quriliş maydonidan çiqişga muvaffaq bölgan M.S. yaqin atrofdagi bir uyga borib yordam söragan. Hodisa haqida xabar berilgaç, voqea joyga kelgan tez yordam xizmati xodimlari uni Bodrum davlat şifoxonasiga olib borgan.
Politsiya esa voqeani sodir etganlarni topiş uçun kuzatuv kameralarini tekşirişni boşlagan va tergov işlarini boşlagan. Bodrum Ayollar birdamlik platformasi voqea yuzasidan bayonot bergan.

“Bu hujum bevosita barça ayollarga qilingan hujumdir. Aybdorlar zudlik bilan qölga olinişi va eng oğir jazoga tortilişi kerak. Biz oxirigaça kuzatib boramiz”, deya bildirgan.


Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: