Turkiyada özbekistonlik ayol jinsiy zöravonlikka uçradi
12-03-2026, 21:21
556 марта

Turkiyada özbekistonlik ayol jinsiy zöravonlikka uçradi
Joriy yilning 5 mart kuni Turkiyaning Istanbul şahrida özbekistonlik ayol ozarbayjonlik şaxs tarafidan jinsiy zöravonlikka uçradi. Bu haqda “Halktv” xabar qildi.Qayd etilişiça, hodisa Kadiköy tumanidagi Dumlupinar mahallasida mahalliy vaqt bilan soat 04:33 atrofida sodir bölgan. Uç nafar ozarbayjonlik şaxs Tural A., Fuzuli A. va Şirali I. oldindan kuzatib yurgan köp qavatli uyga öğirlik qiliş uçun kirgan.
Tural A. va Fuzuli A. 68 yoşli Narimon Figen P. ismli ayol yaşaydigan xonadonining ikkinçi qavat balkoniga narvon yordamida kirgan. Şirali I. esa şeriklari uyga kirganidan söng narvonni olib, voqea joyidan uzoqlaşgan.
Şirali I. Tural A. va Fuzuli A. voqeadan 10 kun oldin Istanbulning Ğoziusmonpoşşo tumanida böyoqçi bölib işlaydigan Atiq S. ismli ozarbayjonlik erkakning uyiga borgan. “Boradigan joyimiz yöq, iş qidiryapmiz”, degan ikki tanişiga Atiq S. uyining kömir omborida vaqtinça yaşaşga ruxsat bergan.
Atiq S.ning aytişiça, 5 mart kuni keçqurun ular undan narvon va otvyortka söragan. U nima uçun kerakligini söraganida, Fuzuli A. “bizning ozarbayjonlik bir opamiz bor. Qarovçilik qilardi, lekin maoşini bermay qöyişgan. Borib pulini olib kelamiz”, deya javob bergan.
Atiq S.ning aytişiça, ular tahdid qilgani uçun narvon va asboblarni berişga majbur bölgan.
Şundan söng keçasi uç nafar gumonlanuvçi uyidan taksiga ötirib, Kadiköyga borgan. Bir neça köça narida tuşib, piyoda köp qavatli uy tomon yöl olgan. Ular kirgan xonadon 68 yoşli Narimon Figen P.ga tegişli bölib, ayol uyda özbekistonlik qarovçisi bilan yaşagan.
Aniqlanişiça, u yerda oldinroq Jayhuna O. ismli ozarbayjonlik ayol işlagan, ammo u ketgaç uning örniga Özbekiston fuqarosi M.K. iş boşlagan. Voqea sodir bölgan kuni uyda faqat Narimon Figen va M.K. bölgan.
Erkaklardan ikki nafari balkon eşigining qulflanmaganidan foydalanib içkariga kirgan. Narimon Figen P. öz xonasida uxlab yotgan paytda Tural A. uni uyğotgan va seyfning joyini söragan.
“Bizning siz bilan işimiz yöq. Öğlingizga tegişli bir hujjat bor, uni seyfdan olaman”, degan Tural A.Ayol esa uyda seyf yöqligini aytgan. Şunga qaramay, Tural A. xonani qidirib, karavot ostida yaşirilgan seyfni topgan. Qörqib ketgan ayol kalitni berişga majbur bölgan. Seyfdan ular 10 juft sirğa, 3 ta zanjir, 6 ta bilaguzuk, 10 ta oltin tanga, 10 ming turk lirasini olgan. Bundan taşqari, ayolning qölidagi 9 ta bilaguzuk, barmoğidagi oltin uzuk va quloğidagi sirğalarni ham yeçib olgan.