Rossiya neftni qayta işlaş sanoati ustidan nazoratni yöqotdi – Tramp
AQŞ Prezidenti Donald Tramp Rossiya Ukrainadagi uruş tufayli neftni qayta işlaş sanoati ustidan nazoratni yöqotganini bildirdi. Bu haqda u Truth Social ijtimoiy tarmoğida yozdi.
“Rossiya, afsuski, Ukraina bilan uruş tufayli neftni qayta işlaş sanoati ustidan nazoratni yöqotdi”, deb yozgan Tramp.
Amerika Prezidentining sözlariga köra, Rossiyadagi köplab neftni qayta işlaş zavodlari portlatilgan va hozirda ularning kamida bir qismi vaqtinça işlamayapti.
Tramp yana Ukrainaga qarşi “bemani va çeksiz uruş” tugaşi kerakligini qayd etgan.
“Butun dunyo aziyat çekmoqda. Har oy 25 ming kişi, asosan askarlar halok bölmoqda. Qanday şarmandalik!”, degan u.
Tramp joriy iylning 13 sentyabr kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyni Rossiyaning dizel infratuzilmasiga zarbalar berişni töxtatişga çaqirgan edi. Kreml esa AQŞ Prezidenti Donald Trampning Ukrainani Rossiyada dizel yonilğisi işlab çiqaruvçi obektlarga hujumlarni töxtatişga çaqirganini olqişlagandi. Şundan söng, Rossiya va Ukraina bir-birining energetika infratuzilmasiga zarba berişni töxtatişga rozi bölgani xabar qilingandi.