Malika Diananing ukasi qirol Çarlz haqida keskin davolarni ilgari surdi
Buyuk Britaniyaning marhum malikasi Diana Spenserning ukasi Çarlz Spenser yangi kitobida qirol Çarlzning Diana vafotidan keyingi xatti-harakatlari haqida bir qator davolarni ilgari surdi. Bukingem saroyi esa uning bayonotlariga noodatiy darajada keskin javob qaytardi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Qayd etilişiça, “Swan Song: Diana, My Sister” nomli kitob bugun, 22 sentyabr kuni sotuvga çiqarilgan. Unda Spenser opasi Diananing hayoti, qirol Çarlz bilan nikohi va 1997 yildagi vafoti haqida öz xotiralarini bayon qilgan.

Kitobdan oldindan elon qilingan parçada Spenser Diana vafotidan keyin öşa paytdagi şahzoda Çarlzning kayfiyati haqida keskin fikr bildirgan. Uning yozişiça, Çarlz Diananing ölimidan söng nihoyatda xursand bölgan.
Şuningdek, Spenser Diana dafn marosimida uning öğillari Uilyam va Garrining tobut ortidan yurişi masalasida Çarlz bilan tortişuv bölganini yozgan. Unga köra, öşa paytda 15 yoşli Uilyam va 12 yoşli Garri bunday vazifani bajarişga majbur qilinmasligi kerakligini aytganida, Çarlz unga baqirgan.
Spenser kitobni tarixning guvohi sifatidagi burçi deb hisoblagani uçun yozganini bildirgan. Biroq Bukingem saroyi uning xotiralarini şubha ostiga olgan. Saroy bayonotida aka-ukaning qayğusi aqlni xiralaştirişi, qarorlarga tasir qilişi va xotiralarni özgartirişi mumkinligi takidlangan.
Spenser esa saroyning bu munosabatini keskin tanqid qilgan. Uning aytişiça, bunday bayonot göyoki u yolğon gapirganini anglatadi, biroq qirol Çarlzning özi uning aytganlarini rad eta olmaydi.
Diana va qirol Çarlzning nikohi
Çarlz Spenser 17 yoşida, 1981 yilda 20 yoşli opasi Diananing öşa paytdagi şahzoda Çarlzga turmuşga çiqişiga guvoh bölgan. Ularning nikohi butun dunyoda katta qiziqiş uyğotgan.
Diana va Çarlzning Uilyam hamda Garri ismli ikki öğli bölsa-da, 1990-yillarga kelib, ularning oilaviy munosabatlari yomonlaşgani va bu holat ommaviy axborot vositalarida keng yoritilgani malum.
Juftlik 1996 yilda rasman ajraşgan. Oradan bir yil ötib, Diana Parijda avtomobil halokatida 36 yoşida vafot etgan.
Diananing dafn marosimida Spenser nutq sözlab, uning hayoti va şaxsiyatiga yuqori baho bergan. Marosimni dunyo böylab milliardlab odamlar kuzatgan.
Çarlz Spenser 1964 yilda tuğilgan va Britaniya qirollik oilasi bilan yaqin aloqaga ega aristokratik oilada ulğaygan. Marhum qiroliça Yelizaveta II uning çöqintirgan onasi bölgan.
U Oksford universitetida tarix böyiça tahsil olgan, keyinçalik NBC News telekanalida işlagan. 1992 yilda otasi vafot etgaç, Angliya markazidagi oilaviy Altorp mulkini meros qilib olgan.
Spenser tarixiy mavzudagi bir qator kitoblar yozgan. 2024 yilda esa maktab-internatda bolalik davrida boşdan keçirgan zöravonlik, etiborsizlik va yolğizlik haqida “A Very Private Sçool” nomli memuarini çop etgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Çarlz Spenserning opasi – Malika Diana haqida yozgan, hali naşr etilmagan kitobining niderland tilidagi 4 ta nusxasi Niderlandiyada bosmaxonadan omborga olib ketilayotgan yuk maşinasidan öğirlab ketilgani haqida xabar berilgan edi.