Daryo tubidan butun bir armiyani qurollantirişga qodir xazina topildi
Işçilar Dunay tubidan tasodifan 2200 yillik tarixga ega, 500 ta temir yombidan (slitok) iborat xazinani olib çiqdi. Topilmani örganayotgan Avstriyadagi Insbruk universiteti arxeologlarining aniqlaşiça, bu Yevropa tarixida miloddan oldingi davrga oid eng yirik metall partiyasi. Qazişmalar natijalari “Antiquity” jurnalida elon qilindi.
Qayd etilişiça, hodisa 2019 yilda Avstriyaning Daynxam qişloği yaqinida yuz bergan. Mahalliy ekskavatorçi şağal qazib olayotganda daryo tubidan ğalati zanglagan buyumlarni ildirib olgan. Qimmatbaho yuk möjiza tufayli metallolom qabul qiliş punktiga qayta eritiş uçun yuborilmay qolgan. Olimlar tonnalab qumni qölda elakdan ötkazib, 193 ta butun temir bölagi va yuzlab boşqa bölaklarni ajratib olgan. Har bir bölakning vazni taxminan 4,5 kilogrammni taşkil etgan, xazinaning umumiy vazni esa deyarli bir tonnaga baholanmoqda.
Artefaktlar miloddan avvalgi III–II asrlarga oid. Mutaxassislarning taxmin qilişiça, barg şaklidagi uşbu xomaşyolar boşqa buyumlarga qayta işlov beriş uçun möljallangan yarim tayyor mahsulot vazifasini ötagan. Tadqiqotçilarning hisob-kitoblariga köra, uşbu metall hajmidan 500 ga yaqin qiliç yoki 8000 tagaça mix yasaş mumkin bölgan.
“Metallga işlov berişdagi yöqotişlarni hisobga olganda ham Daynxamdan topilgan temir katta bir jangçilar guruhini qurollantirişga yetarli bölardi”, deydi tadqiqotning yetakçi muallifi Peter Trebşe.
Kema halokatining aniq sababi jumboqligiça qolmoqda, çunki ekskavator çömiçi madaniy qatlamni vayron qilgan. Biroq qayiq izlarining yöqligi va yukning juda yirik hajmi suvdagi transport halokatiga işora qilmoqda. Ehtimol, yombilar yirik mustahkamlangan şaharlar va temirçilik işlab çiqarişi markazlari joylaşgan Bavariyadan oqim böylab suzib kelayotgan bölgan. Bunça miqdordagi metallni taşiş bir martalik bitim uçun juda noodatiy holat. Qimmatbaho tovar evaziga qabul qilib oluvçi tomon oltin, kumuş yoki hatto çorva mollarini berişi kerak bölgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Belgiyaning Dendermond şahrida quriliş işçilari bino yertölasidagi devor orasiga yaşirilgan, qiymati qariyb 9 mln yevroga baholanayotgan oltin tangalar va quymalarni topgandi.