Yamanda husiylar sabab uç kunda 169 nafargaça odam halok böldi
Yamanda Eron tomonidan qöllab-quvvatlanadigan husiylar Qizil dengiz sohilidagi strategik balandliklar ustidan nazorat örnatiş uçun Saudiya Arabistoni qöllab-quvvatlayotgan hukumat kuçlari bilan jang qilmoqda. Sönggi uç kunda 169 nafargaça odam halok bölgani aytildi. Bu haqda “The Guardian” naşri xabar berdi.
Husiylar harbiy vakillarining malum qilişiça, 20 sentyabr kunidan beri Taiz, al-Javf, Marib va Saada viloyatlaridagi töqnaşuvlar, şuningdek, Saudiya Arabistonining havo va artilleriya zarbalari oqibatida kamida 118 kişi halok bölgan. Yaman hukumati manbalari esa mojaroda öz tomonida kamida 36 kişi halok bölganini bildirgan.
Husiylar keça, 22 sentyabr kuni Saudiya Arabistoni Moha port şahriga zarba berganini, oqibatda 6 nafar tinç aholi, jumladan 2 nafar bola halok bölganini aytgan. Guruh, şuningdek, Saudiya Arabistonining Yaman şimoli-ğarbidagi al-Javf viloyatida joylaşgan qamoqxonaga bergan zarbasi oqibatida 9 nafar mahbus halok bölganini bildirgan.
Yamanning BMT tomonidan tan olingan hukumatini husiylarga qarşi qöllab-quvvatlayotgan Saudiya Arabistoni şu kuni mamlakat janubida ehtimoliy zarbalar oldidan ogohlantiriş bergan. Bu husiylar bir neça yil içida birinçi marta dam oliş kunlari Saudiya poytaxti Ar-Riyodga zarbalar berganidan keyin sodir böldi.
Yangi töqnaşuvlar husiylar uç hafta oldin boşlagan keng kölamli hujumdan keyin avj oldi. Öşa hujum davomida guruh Yamanning Qizil dengiz sohilining katta qismini hukumatga yaqin kuçlardan tortib oldi. Bu husiylarning sönggi tört yildagi fuqarolik uruşi davrida qölga kiritgan eng yirik hududiy yutuqlari böldi.
Husiylarning hujumi Eronning Hurmuz böğozini yopişi ortidan allaqaçon beqarorlaşgan jahon energetika bozorlariga yana bosim ötkazdi. Şuningdek, mojaro yettinçi oyiga kirgan AQŞ–Eron uruşi mintaqaviy kölamini yanada kengaytirdi.
Naşrga köra, ötgan hafta husiylar Moha va boşqa strategik şaharlarni nazoratga olgan. Bu ularga jahon dengiz orqali taşiladigan yuklarining 10 foizi ötadigan muhim dengiz yöli – Bob al-Mandab böğozi ustidan nazoratni bergan. Hormuz böğozi yopilganidan keyin mazkur yönaliş yanada muhim ahamiyat kasb etdi.
Qayd etilişiça, töqnaşuvlar Yamandagi allaqaçon oğir bölgan gumanitar inqirozni yanada kuçaytirgan. Mamlakatda qariyb 22 million kişi insonparvarlik yordamiga muhtoj, 5,2 million kişi esa içki köçirilganlar qatorida.
Yamandagi fuqarolik uruşi 2014 yilda husiylar poytaxtni egallab, hukumatni ağdarganidan keyin boşlangan. Şundan söng Saudiya Arabistoni boşçiligidagi koalitsiya xalqaro miqyosda tan olingan Yaman hukumati va unga ittifoqçi qurolli guruhlarni qöllab-quvvatlaş maqsadida havo operatsiyalarini boşlagan.
2022 yilda BMT vositaçiligida öt oçişni töxtatiş böyiça kelişuvga erişilgan va u asosan amal qilib kelgan. Biroq husiylar hozirgi hujumini boşlaganidan keyin vaziyat yana keskinlaşdi.
Malum qilinişiça, sönggi kunlarda janglar Qizil dengiz sohili yaqinidagi strategik ahamiyatga ega Kahbub toğlari atrofida kuçaygan. Husiylar sönggi hududiy yutuqlarini mustahkamlaşga harakat qilayotgan bir paytda hukumat kuçlari toğ tizmasini egallaşlariga yöl qöymaslik uçun bir neçta frontda mudofaa çiziğini uşlab turibdi.
Toğda nazorat örnatilişi husiylarga Qizil dengiz sohilidagi hududlar ustidan strategik ustunlik beradi. Şuningdek, bu Yaman hukumati kuçlarining qarorgohi bölgan Adanni mamlakatning ğarbiy sohilidan yanada uzib qöyişi va hukumatning kelgusida qarşi hujum uyuştirişini qiyinlaştirişi mumkin.
Husiylar bir neçta yönalişda, ayniqsa Taiz viloyati çetlari va Ras al-Ara sohil hududida oldinga siljigan. Guruhning maqsadi Kahbub toğlarini nazoratga oliş hisoblanadi. Husiylarga aloqador OAV hududda erişilgan yutuqlar haqida xabar bergan bölsa, hukumatga yaqin OAV kuçlar husiylarning hujumlarini qaytarganini malum qildi.
Husiylar hujumni boşlaganidan beri Yamanning ğarbiy qismida hukumatga ittifoqçi kuçlarni çekintirib kelmoqda. Eronga yaqin kuçlarning Bob al-Mandab ustidan nazorat örnatişi Saudiya Arabistonini xavotirga solmoqda, çunki bu uning energetika eksporti uçun muhim bölgan ikki dengiz yölini Eron va uning ittifoqçilari nazoratiga berişi mumkin.
Saudiya Arabistoni sönggi kunlarda husiylarni töxtatiş maqsadida Yamanga yuzlab zarbalar berdi, biroq bu hujumlar hozirgaça katta natija bermadi.
Donald Tramp dam oliş kunlari husiylarga qarşi zarba berişni körib çiqqan, ammo sönggi daqiqada bu rejadan voz keçgani xabar qilingan. Britaniya esa mudofaa operatsiyalarida iştirok etayotgan Saudiya samolyotlariga havoda yoqilği quyişda yordam berişini malum qildi. Bu mintaqada xalqaro aralaşuv yanada kuçayişi ehtimolini oçiq qoldirmoqda.
“Katta yettilik” davlatlari Eronni husiylarni qurollantirişni töxtatişga çaqirgan. BMT Boş assambleyasi oldidan qabul qilingan qöşma bayonotda davlatlar husiylarni Saudiya Arabistoniga hujumlarni töxtatişga çaqirgan. Bu hujumlar neft infratuzilmasiga zarar yetkazgan va önlab odamlarni yaralagan.
“Biz husiylarni barça harbiy harakatlarni, tinç aholiga tegişli kemalarga tahdid va hujumlarni zudlik bilan töxtatişga hamda siyosiy jarayonga vijdonan qaytişga çaqiramiz”, deyiladi bayonotda.
Töqnaşuvlar boşlanganidan beri qariyb 700 kişi halok böldi, 100 mingdan ortiq odam öz uylarini tark etdi. Ayrim yamanliklar dengiz orqali jangovar hududlarni tark etmoqda. Tinç aholi ğarb tomonga – Qizil dengiz orqali Jibutiga qoçmoqda. Yordam taşkilotlari esa Yamanda qolgan aholi uçun şaroit yomonlaşayotganidan ogohlantirgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi Saudiya Arabistoni podşohligidagi muqaddas Makka şahriga yönaltirilgan uçuvçisiz uçiş apparatidan foydalanilgan hujumga urinişni qatiyan qoralagandi.