AQŞ va husiylar özaro kemalarga hujumlar uyuştirdi
AQŞ va Eronga yaqin bölgan Yaman husiylari keça, 11 avgust kuni dengizdagi bir neçta kemalarga alohida hujumlar uyuştirdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Yaman Transport vazirligining malum qilişiça, Bob-al-Mandab böğozida kiçik yuk kemasiga husiylar tomonidan qilingan taxminiy hujum oqibatida 4 nafar ekipaj azosi halok bölgan. Yaman sohil qöriqlaş xizmatiga köra, husiylarga qarşi kuçlar tarkibidagi yana 2 nafar yamanlik qutqaruvçi ham halok bölgan.
Ölganlar Misrga tegişli “Tihamah” kemasi ekipaji azolari bölgan. Bu Eron uruşi boşlanganidan beri husiylarning dengizdagi hujumlari oqibatida qayd etilgan birinçi inson ölimlari bölgan.
Husiylarga qaraşli “Saba” axborot agentligi esa guruh Bob-al-Mandab böğozida harbiy texnika olib ketayotgan Saudiya kemasiga hujum qilganini malum qilgan. Kemaning nomi oçiqlanmagan, Saudiya tomoni esa bu xabarga zudlik bilan munosabat bildirmagan.
Şu bilan birga, AQŞ harbiylari Panama bayroği ostida harakatlanayotgan yuk kemasini töxtatiş uçun AQŞ harbiy-dengiz kuçlariga tegişli MH-60 vertolyotidan ikkita “Hellfire” raketasi uçirilganini bildirgan. AQŞ Markaziy qömondonligiga köra, kema Eron portlariga nisbatan joriy etilgan dengiz blokadasini buzgani haqida berilgan bir neça ogohlantirişga böysunmagan.
Qayd etilişiça, dengizdagi hujumlar fonida neft narxlari ham kötarilgan. “Brent” nefti narxi 1,4 foizga oşib, bir barreli 88,91 dollarga, AQŞ nefti esa 1,3 foizga oşib, 83,20 dollarga yetgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Yamandagi husiylar Saudiya Arabistoni janubiga hujum qilişi oqibatida 11 nafar tinç aholi jarohat olgandi.