USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Uruş kengaymoqda: husiylar Saudiyaga hujum qildi, önlab tinç aholi jarohatlandi

103 марта
Уруш кенгаймоқда: ҳусийлар Саудияга ҳужум қилди, ўнлаб тинч аҳоли жароҳатланди

Yamandagi husiylar Saudiya Arabistoni janubiga hujum qilişi oqibatida 11 nafar tinç aholi jarohat oldi. Şu bilan birga, Saudiya hukumati husiylar va Eron qöllab-quvvatlaydigan Iroq qurolli guruhlari tomonidan yangi muvofiqlaştirilgan hujumlar sodir etilişi mumkinligidan ogohlantirdi. Bu haqda Saudiya boşçiligidagi harbiy koalitsiya matbuot kotibi general-mayor Turki al-Malikiy malum qildi.

Uning aytişiça, Najron viloyatiga uyuştirilgan hujumda 7 nafar Saudiya fuqarosi, 1 nafar yamanlik, 2 nafar misrlik va 1 nafar pokistonlik jarohat olgan. Jabrlanganlar orasida 4 yoşli bola ham bölib, u ikkinçi darajali kuyiş jarohatini olgan.

Al-Malikiy husiylarni xalqaro gumanitar huquqni buzgan holda fuqarolik obektlarini betartib öqqa tutişda ayblab, koalitsiya tinç aholini himoya qiliş uçun zarur barça çoralarni körişini bildirgan.

Husiylar va Eron hozirça bu bayonotga munosabat bildirmagan.

“Reuters” agentligining qayd etişiça, AQŞ va Isroilning Eronga qarşi beş oydan buyon davom etayotgan uruşi Saudiyaning xavfsizlik böyiça hisob-kitoblarini yanada murakkablaştirgan.

Naşr manbalariga köra, Saudiya, AQŞ va boşqa Yaqin Şarq davlatlari razvedkasi husiylar hamda Eron Islom inqilobi qöriqçilari korpusi nazoratidagi Iroq qurolli guruhlari yaqin vaqt içida Saudiyadagi energetika infratuzilmasi, portlar va aeroportlar kabi fuqarolik obektlariga muvofiqlaştirilgan hujumlar uyuştirişi mumkinligini aniqlagan.

Şu munosabat bilan Ar-Riyod xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni kuçaytirişga intilmoqda. Agentlikning malumotiga köra, bugun, 7 avgust kuni Saudiya Arabistoni, Turkiya va Pokiston örtasida mudofaa sohasidagi hamkorlik töğrisidagi kelişuv imzolanişi kutilmoqda.

Saudiya rasmiylaridan biri mamlakat Eron bilan ziddiyatni muzokaralar orqali hal qiliş va keskinlikni pasaytiriş siyosatini qöllab-quvvatlayotganini, ehtimoliy hujumlar esa diplomatik jarayonni izdan çiqarişga qaratilgan bölişi mumkinligini aytgan.

Malumot uçun, husiylar 4 avgust kuni Najron aeroportiga qilingan hujum uçun javobgarlikni öz zimmasiga olgan edi. 5 avgust kuni esa ular Marib va Hadramavt viloyatlaridagi Saudiya qöllab-quvvatlayotgan kuçlarga qarşi hujumlarda 30 nafardan ortiq Yaman hukumat qöşinlari harbiysi halok bölganini bildirgan.

Eslatib ötamiz, 29 iyul kuni Saudiya Arabistoni AQŞ Markaziy qömondonligi bilan hamkorlikda Iroqdagi Eron qöllab-quvvatlaydigan qurolli guruhlarga zarbalar berganini malum qilgan edi. Bu qaror Saudiya neft inşootlariga dronlar orqali uyuştirilgan hujumlardan söng qabul qilingan. Iroq qurolli guruhlari esa bu zarbalarga javob qaytarişini bildirgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: