USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Eron Yamandagi husiylarga korpus qömondonlari va raketalarni havodan yetkazgan – OAV

81 марта
Эрон Ямандаги ҳусийларга корпус қўмондонлари ва ракеталарни ҳаводан етказган – ОАВ

Eron şu oyda Islom inqilobi qöriqçilari korpusi (IIQQ) qömondonlari, harbiy maslahatçilar hamda raketa va dronlarga oid jihozlarni Yamanga havo orqali yetkazgani aytilmoqda. Bu haqda “Reuters” manbalarga tayanib xabar qildi.

Tört manbaning agentlikka bildirişiça, joriy yil 13 iyul kuni Tehrondan Yamanga amalga oşirilgan Mahan Air reysi orqali 10 nafardan 21 nafargaça IIQQ xodimi, jumladan yuqori lavozimli qömondonlar hamda harbiy jihozlar olib kelingan. Xabarga köra, samolyot dastlab husiylar nazoratidagi Sano şahriga qönişi kerak edi, ammo aeroport Saudiya Arabistoni qöllab-quvvatlaydigan Yaman hukumati hujumiga uçragaç, Qizil dengiz böyidagi Hudayda şahriga yönaltirilgan.

Manbalardan biriga köra, IIQQ qömondonlari husiylarning operatsiyalarini qöllab-quvvatlaş va ularni yangi raketa tizimlaridan foydalanişga örgatiş uçun yuborilgan. Şuningdek, samolyotda husiylar faoliyatini moliyalaştiriş uçun oltin ham olib kelingani aytilgan.

Eron Taşqi işlar vazirligi bu xabarga izoh bermagan. Tehron avval ham Yamandagi husiylarga raketa texnologiyalari yetkazib berayotganini bir neça bor rad etgan. Özini mazkur samolyot yölovçilaridan biri deb taniştirgan husiylar ommaviy axborot vositalari vakili Abdul Rahmon al-Ahnomiy Eron Yamanga harbiy mutaxassislar yuborgani haqidagi malumotlarni “yolğon va uydirma” deb atagan. Uning sözlariga köra, samolyotdagi barça yölovçilar fuqarolar bölgan.

Husiylar ham özlarini Eronning proksi kuçi emasligini takidlab, qurol-yaroğlarini mustaqil ravişda işlab çiqarayotganini bildirib keladi.

20 iyul kuni husiylar 13 iyul kuni Sano aeroportiga berilgan zarbaga javoban Saudiya Arabistoniga qarşi dengiz blokadasi elon qilgan. Ular bu hujumni Saudiya Arabistoni amalga oşirganini aytgan. Bu harakatlar Ar-Riyod va husiylar örtasida tört yil davom etgan sulhning yakunlanganini anglatdi. Keça, 23 iyul kuni husiylar Saudiya Arabistonining ikki neft tankeriga hujum qilganini ham malum qilgan.

Saudiya Arabistoni qöllab-quvvatlaydigan Yaman hukumati Axborot vaziri Muammar al-Iryoni “Reuters” bilan suhbatda IIQQ xodimlari va harbiy jihozlar Yamanga olib kelinganini razvedka malumotlariga tayanib tasdiqlagan.

“Ularning vazifasi guruhning harbiy imkoniyatlarini kuçaytiriş va Qizil dengiz hamda Bob al-Mandab böğozida xalqaro dengiz xavfsizligiga tahdid solişga tayyorlaşdan iborat”, degan u.

Xavfsizlik va razvedka tahlilçisi Mzahem Alsalum ham 13 iyul kungi reys bilan IIQQ mutaxassislari kelganini tasdiqlagan. Uning aytişiça, yuklar orasida qisqa va örta masofali raketa hamda dronlarga tegişli qismlar bölgan. Bu qurollar avval Saudiya Arabistoni va Birlaşgan Arab Amirliklariga qilingan hujumlarda qöllangan tizimlarga öxşaydi. Alsalumning sözlariga köra, Tehron ötgan yili Isroil bilan uruş vaqtida ham harbiy maslahatçilarni Somali orqali Yamanga yuborgan. Eron bu davoni ham rad etgan.

Husiylar şu oy boşida Sano va Tehron örtasida töğridan-töğri aviaqatnovlar yölga qöyilganini elon qilib, buni Saudiya Arabistoni joriy etgan, deb hisoblayotgan blokadani yumşatişga xizmat qilişini aytgan. 

20 iyul kuni Eron Taşqi işlar vazirligi matbuot kotibi Ismoil Baqoiy 13 iyul kungi reys Tehronga Oliy rahbar Oyatulloh Ali Xomanaiyning janozasida qatnaşiş uçun kelgan husiylar delegatsiyasi hamda Eronda davolangan yamanlik fuqarolarni vataniga qaytariş maqsadida amalga oşirilganini bildirgan. 3 iyul kuni samolyot 200 nafarga yaqin yölovçini, jumladan yuqori lavozimli amaldorlar, ayollar va bolalarni janoza marosimi uçun Eronga olib borgan. 

Manbalarning aytişiça, 13 iyul kuni qaytiş reysida delegatsiya azolari bilan birga IIQQ qömondonlari va maslahatçilari ham bölgan. Samolyot Sano aeroportiga qöna olmasdan, hukumat kuçlari zarbasi sababli Hudaydaga yönaltirilgan. Husiylar harbiylari aeroportga hujum qilgan Saudiya Arabistoni harbiy samolyotlari Yaman havo hududini tark etişga majbur bölganini malum qilgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: