Husiylar Saudiya portiga 6 ta ballistik raketa uçirdi. Qurbonlar bor
Yamanning xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olingan hukumati Eron bilan ittifoqçi husiylar keça, 14 avgust kuni Qizil dengiz sohilidagi Moxa portiga 6 ta ballistik raketa otgani va kamida 4 nafar tinç aholi halok bölganini malum qildi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Yaman qurolli kuçlarining bayonotiga köra, husiylarning Moxaga hujumi fuqarolik obekti, iqtisodiy va dengiz infratuzilmalariga qaratilgan. Hujum oqibatida port qöriqlaş xodimlaridan biri halok bölgan, ikki nafar dengizçi bedarak yöqolgan va sakkiz nafar fuqaro jarohatlangan.
Harbiy manba 14 avgust kuni “Saba News Agency”ga husiylar Moxaga 6 ta raketa otganini, natijada 4 nafar fuqaro halok bölgani va bir neçta baliqçilik qayiği yonib ketganini aytgan.
Husiylar esa Moxada Saudiya qöllab-quvvatlayotgan kuçlar va “yollanma askarlar”ga tegişli qurol-yaroğ hamda harbiy kemalar töplangan hududni ballistik raketalar bilan nişonga olganini malum qilgan. Ular hujum oqibatida qayiqlar va qurollar yöq qilinganini bildirgan.
Alohida holatda, husiylar nazoratidagi SABA agentligi harbiy manbaga tayanib, guruh Saudiyaning Najron şahridagi Saudi Aramco obektiga dron orqali hujum qilganini xabar qilgan.
Manbaga köra, Najronga hujum Saudiya harbiy samolyotlarining Yaman şimoli-şarqidagi Sada viloyati havo hududiga kirganiga javob bölgan. Xabarda hujumning aniq nişonlari körsatilmagan va obektga zarba tekkani yoki yöqligi aytilmagan.
Saudiya rasmiylari yoki Aramco Najrondagi hujum haqida izoh bermagan.
Malumot uçun, Yamanda husiylar 2014 yilda poytaxt Sano ustidan nazoratni qölga olganidan keyin mojarolar davriy ravişda davom etib kelmoqda. Bu 2015 yilda Saudiya boşçiligidagi harbiy aralaşuvga olib kelgan.
2022 yilda BMT vositaçiligida erişilgan sulhdan söng yirik janglar asosan töxtagan edi. Biroq doimiy siyosiy kelişuvga erişiş böyiça muzokaralar hanuz töxtab qolgan.
Eslatib ötamiz, avvaloq Yamandagi husiylar Saudiya Arabistoni janubiga hujum qilişi oqibatida 11 nafar tinç aholi jarohat olgandi.