USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“Sizdan uyaliş kerak, janob!” Netanyaxu Mamdaniga dakki berdi

136 марта
“Сиздан уялиш керак, жаноб!” Нетаньяху Мамданига дакки берди

Isroil Boş vaziri Binyamin Netanyaxu BMT Boş assambleyasidagi nutqida Isroilning falastinliklarga qarşi harbiy harakatlarini himoya qilişini va Nyu-York meri Zohran Mamdanini HAMASni qöllab-quvvatlaşda ayblaşini bildirdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Qayd etilişiça, Netanyaxu keça, 22 sentyabr kuni Nyu-York meri Zohran Mamdanining CNN telekanaliga bergan intervyusidan söng bayonot bergan. Mamdani 21 sentyabr kuni Netanyaxuni “harbiy jinoyatçi va Falastin xalqiga qarşi dahşatli genotsid memori” deb atagan edi.

“Men BMTga kelyapman. Men qahramon askarlarimiz haqidagi haqiqatni aytaman va siz haqingizdagi haqiqatni ham aytaman”, degan Netanyaxu qisqa videomurojaatida Nyu-York meriga murojaat qilib.

“Sizdan uyaliş kerak, janob Mamdani. Odamlarimizni qirgan HAMAS terrorçi maxluqlarini qöllab-quvvatlayotganingizdan uyalişingiz kerak. Nyu-York yahudiylariga qarşi tartibsizliklarni qözğatayotganingizdan uyalişingiz kerak”, degan Netanyaxu.

Malum qilinişiça, respublikaçilarning ayrim siyosiy raqiblari Mamdanini antisemitizmda ayblagan. Ular bunga uning Falastinni qöllab-quvvatlaşi va Isroilning Ğazodagi harbiy harakatlarini tanqid qilişini sabab sifatida keltirgan.

Mamdani esa antisemitizmni qoralagan va Isroil hukumatining harakatlarini tanqid qilişi notöğri ravişda antisemitizm bilan tenglaştirilayotganini aytgan.

Isroil rasmiylarining malumotlariga köra, HAMASning 2023 yil 7 oktyabrdagi Isroilga hujumi oqibatida qariyb 1 200 kişi halok bölgan, yana 251 kişi garovga olingan. Isroil bunga javoban HAMASning harbiy va boşqaruv salohiyatini yöq qilişga qaratilganini bildirgan havo va quruqlikdagi harbiy amaliyotni boşlagan. 

Ğazo soğliqni saqlaş idoralari malumotlariga köra, öşa vaqtdan beri 73 mingdan ortiq falastinlik halok bölgan. Uşbu raqam askarlar va tinç aholi örtasidagi farqni körsatmaydi.

Isroil Ğazoda falastinliklarga qarşi genotsid sodir etganini rad etib keladi. Mamlakat hukumati harbiy harakatlar HAMAS jangarilariga qarşi olib borilayotganini va guruh tinç aholi orasida yaşiringanini takidlaydi.

Netanyaxuning matbuot kotibi Doron Şpilman ötgan hafta “Reuters” agentligiga Boş vazir BMTda boşqa har qanday jahon yetakçisidan köra köproq marta nutq sözlaganini aytgan.

“U bu platformadan Isroil haqida köpinça yolğon tasavvurni qabul qiladigan davlatlar forumida haqiqatni aytiş uçun foydalanadi”, degan Şpilman.

“Bu Isroil Boş vaziri turib, haqiqatni dunyoga taqdim etişi kerak bölgan eng muhim minbarlardan biri. Bizning maqsadimiz şu. U heç kimdan qörqmaydi. U mer Mamdanidan ham qörqmaydi”, deya qöşimça qilgan u.

Malumot uçun, Isroil Boş vaziri ertaga, 24 sentyabr kuni BMT Boş assambleyasida nutq sözlaşi kutilmoqda.

Eslatib ötamiz, Nyu-York meri Zohran Mamdani avvalroq Netanyaxuni hibsga olişini aytgan, biroq keyinçalik buni amalga oşiriş vakolatiga ega emasligini tan olgandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: