USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“BMT kuçli bölişi lozim!” Japarov BMT minbarida keskin nutq sözladi 

92 марта
“БМТ кучли бўлиши лозим!” Жапаров БМТ минбарида кескин нутқ сўзлади 

Qirğiziston Prezidenti Sadir Japarov BMT Boş Assambleyasining 81-sessiyasida sanktsiyalar ayrim davlatlar tomonidan suveren davlatlarning içki işlariga aralaşiş vositasi sifatida qöllanayotganini aytdi. Bu haqda Japarov keça, 22 sentyabr kuni BMT Boş Assambleyasidagi nutqida söz oçdi.

“Bugun sanktsiyalar ayrim hollarda bazi davlatlar tomonidan suveren davlatlarning içki işlariga aralaşiş vositasi sifatida qöllanayotganini barçamiz körib turibmiz”, degan Qirğiziston rahbari.

Uning sözlariga köra, asossiz bir tomonlama sanktsiyalarning salbiy oqibatlari Qirğiziston kabi şakllaniş va rivojlaniş bosqiçida bölgan kiçik davlatlarga ham tasir qilmoqda. Bu holat boşqa kiçik davlatlarni ham taşvişga solmoqda.

Japarov ayrim hollarda bunday harakatlar mustaqil davlatlarning içki işlariga aralaşişga olib kelişi va xalqaro huquqning asosiy tamoyillariga zid ekanini takidlagan. Uning qayd etişiça, ayrim yirik davlatlar öz manfaatlarini közlab, Qirğiziston kabi kiçik davlatlarga bosim ötkazib, ularni bazi masalalar böyiça murosaga borişga majburlaşga urinmoqda va ultimatumlar qöymoqda.

“Fursatdan foydalanib, şu munosabat bilan Amerika Qöşma Ştatlari Prezidenti Donald Trampning hokimiyatga kelganidan keyin qabul qilgan, dunyo böylab nodavlat notijorat taşkilotlarini moliyalaştirişni töxtatiş haqidagi qarorini alohida takidlamoqçiman. Natijada NNTlarning rivojlanayotgan davlatlarning içki işlari va siyosatiga aralaşuvi deyarli töxtadi. Trampning qarorlari davlatlar suverenitetini mustahkamlaş va ularning rivojlaniş yölini mustaqil tanlaşi uçun şaroit yaratdi.

Şuning uçun bugungi imkoniyatdan foydalanib, janob Trampga NNTlarni moliyalaştirişni töxtatgani uçun öz minnatdorçiligimni bildirmoqçiman”, degan Qirğiziston rahbari.

Şuningdek, u sanktsiya joriy etiş haqidagi qarorlar BMT Nizomiga muvofiq va faqat Xavfsizlik Kengaşi vakolatlari doirasida qabul qilinişi kerakligini aytgan.

“Bizdagi fikrga köra, u yoki bu davlatga qarşi sanktsiya joriy etiş huquqi faqat Birlaşgan Millatlar Taşkilotiga berilişi kerak”, Japarov.

Uning fikriça, bu xalqaro sanktsiyalar tizimini takomillaştirişning yagona yöli hisoblanadi. Japarov, avvalo, taşkilot tomonidan barça sanktsiya çoralarini majburiy tarzda dastlabki körib çiqiş mexanizmlarini joriy etiş zarurligini aytgan. Uning sözlariga köra, sanktsiya taşabbuslarini oldindan körib çiqiş ularning ehtimoliy gumanitar, iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlarini hisobga oliş imkonini beradi.

U taklif etayotgan mexanizmning muhim qismi şaffoflik va javobgarlikni oşiriş bölişi kerakligini takidlagan.

“Sanktsiya taşabbusini ilgari surayotgan davlatlar ularning huquqiy asosi, bunday çoralarning zarurati, maqsadlari, şuningdek, keyinçalik bekor qilinişi mezonlari va şartlarini aniq körsatişi kerak. BMT boşçiligida sanktsiyalar va ularni muntazam qayta körib çiqiş böyiça yagona xalqaro monitoring mexanizmini taşkil etişni maqsadga muvofiq deb hisoblayman.

Faqat şunda xalqaro tinçlik va xavfsizlikni taminlaşda BMTning markaziy roli kuçayadi, uning vakolatlari kengayadi. Bundan taşqari, bir davlatning boşqa davlatga özining siyosiy yoki iqtisodiy manfaatlari yölida sanktsiyalarni özboşimçalik bilan qöllaş xavfi bartaraf etiladi.

Heç bir davlat özboşimçalik bilan harakat qilmasligi kerak. BMT kuçli bölişi lozim. Har bir davlat BMT sanktsiya joriy qilmoqçi ekanini eşitganda larzaga tuşişi kerak. Faqat şunda dunyoda qatiy xalqaro tartib şakllanişi mumkin. Aks holda BMTning ayrim qarorlari jiddiy qabul qilinmay qöyadi. Davlatlar faqat öz xohişlariga köra harakat qila boşlaydi.

BMTning har bir qarori keçiktirmasdan ijro etilişi kerak. Agar davlat qarorni bajarmasa va boşqa mamlakatlar u bilan hamkorlikni töxtatsa, sanktsiyalarning samaradorligi ortadi. Faqat şunday holatdagina qarorlar zudlik bilan ijro etiladi va BMT kuçli hamda nufuzli taşkilotga aylanadi.

Aks holda mavjud sanktsiyalar öziga xos bolalar öyinçoğiga aylanib qoladi”, degan Sadir Japarov.

Eslatib ötamiz, avvalroq Birlaşgan Millatlar Taşkiloti 81-Boş Assambleyasida Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdöğan Ğazo bugun nafaqat dunyodagi eng katta qabriston, balki dunyoda amputatsiya körsatkiçi eng yuqori bölgan mintaqa hisoblanişi, şuningdek, Ğazo – hozirgi davrning eng insoniylikka zid, eng uyatli qirğini ekani ekani haqida gapirgandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: