Makron Falastin haqida gapirib, BMT minbariga muştini urdi
Keça, 22 sentyabr kuni Frantsiya Prezidenti Emmanuel Makron Nyu-Yorkdagi BMT Boş Assambleyasidagi çiqişi çoğida Falastindagi vaziyat haqida gapirayotib, minbarga muştini urdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Makron AQŞ Prezidenti Donald Trampning tinçlik rejasi muvaffaqiyati haqidagi bayonotlarini şubha ostiga qöyib, elon qilingan tinçlikka qaramay, Ğazo sektorida şu kungaça birorta ham gumanitar koridor oçilmaganini aytgan. Frantsiya yetakçisi dunyo “hamma uyatda qolişi kerak bölgan” vaziyatni kuzatayotganini aytgan hamda Trampni Ğazo böyiça öz rejasini diplomatik zafar sifatida taqdim etgani uçun tanqid qilgan.
“Bir yil oldin şu yerda, uşbu zalda öntaça davlat Falastinni tan oldi. Men bazi odamlarning: “Tan oliş – bu şunçaki qoğoz, aslida nima bölayotganiga qarang”, degan sözlarini eşityapman”, deydi Makron.
Frantsiya Prezidenti öz nutqi çoğida minbarga muşti bilan urgan. U Ğazoda sodir bölayotgan hodisalar fonida harakatsiz qolişda davom etar ekan, xalqaro hamjamiyat işonç haqida gapira olmasligini qayd etgan.
“Ammo Ğazoda sodir bölayotgan voqealar qarşisida bundan keyin ham harakatsiz qoladigan bölsak, bizga nisbatan qanday işonç haqida gap ketişi mumkin? Bazilar göyoki erişilgan tinçlik bilan maqtanmoqda. Lekin bu tinçlik bir soniyaga bölsa ham gumanitar yölak imkoniyatini qayta tiklagani yöq. Nahotki biz şunçaki tomoşabin bölib hammamizni uyatga qoldirayotgan bu tomoşani kuzatib tursak?
Bugun sodir bölayotgan voqealarga oçiq köz bilan qarang. Ğarbiy Sohilda har kuni oçiqdan oçiq qonunbuzarliklar sodir etilmoqda. Xöş, nima sabab? Axir HAMAS Ğarbiy Sohilda heç qaçon faoliyat olib bormagan-ku! Bu harakatlar – Falastin xalqining mavjud bölişga bölgan qonuniy huquqlarini har kuni qadamma-qadam yöqqa çiqariş va mustaqil davlat quriş imkoniyatini tamoman barbod qilişdan boşqa narsa emas”, deydi Makron.
Uning çiqişi Trampning xuddi şu minbardagi nutqidan bir neça soat ötib bölib ötgan. AQŞ Prezidenti Ğazo böyiça 20 banddan iborat tinçlik rejasini diplomatik muvaffaqiyat deb atagan edi.
Makronning tanqididan söng AQŞ Davlat departamenti X ijtimoiy tarmoğida Trampning iqtibosini elon qilgan. Amerika Prezidenti BMT Xavfsizlik Kengaşi tomonidan Ğazo böyiça tinçlik rejasi bir ovozdan maqullangani va “Tinçlik kengaşi” tuzilganini malum qilib, uşbu voqealarni “ajoyib” deb atagan.
“Bir yil oldin, men uşbu zaldagi buyuk yetakçilarga murojaat qilganimda Ğazodagi şafqatsiz uruş hamon davom etayotgan edi. Bir neça haftadan söng biz behisob minglab odamlarning hayotini saqlab qolgan holda Ğazodagi uruşni yakunladik”, deydi Tramp.
Şu bilan birga, Frantsiyaning özida Makron ötgan yilning sentyabr oyida Falastin davlati tan olinganidan beri yetarliça iş qilmagan deb hisoblaydigan siyosatçilar va faollar tomonidan tanqidga uçramoqda.
Şu bilan birga, Parij Ğarbiy Sohilda isroillik köçmançilar tomonidan falastinliklarga nisbatan işlatilayotgan zöravonlikka nisbatan öz pozitsiyasini kuçaytirgan. Frantsiya bir qator sanktsiyalarni joriy etgan, şuningdek, bosib olingan Ğarbiy Sohildagi aholi punktlarida işlab çiqarilgan mahsulotlarni taqiqlaş jarayonini boşladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdöğan BMT minbarida Ğazo bugun nafaqat dunyodagi eng katta qabriston, balki dunyoda amputatsiya körsatkiçi eng yuqori bölgan mintaqa hisoblanişini, şuningdek, Ğazo – hozirgi davrning eng insoniylikka zid, eng uyatli qirğini ekanini aytgan edi.