Ukraina ikki asir Şimoliy Koreya askarini Janubiy Koreyaga topşirdi
Ukraina Rossiyaning Kursk viloyatida asirga olingan ikki Şimoliy Koreya askarini Janubiy Koreyaga topşirdi. Bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy BMT Boş Assambleyasining 81-sessiyasidagi nutqida malum qildi.
“Yaqinda biz Janubiy Koreyaga ikki nafar Şimoliy Koreya harbiy asirini yubordik”, degan Zelenskiy.
Uning sözlariga köra, uşbu ikki askarni tirik holda asirga oliş oson bölmagan. Zelenskiy ulardan biri asirga tuşişini anglaganida öz joniga qasd qilişga uringanini aytgan.
“Bu yigitlarni tirik holda asirga oliş oson emas. Ulardan biri asirga tuşişini anglaganida öz joniga qasd qilişga urindi. U taqdir unga ölişga imkon bermaganidan hayratda qoldi”, degan Ukraina Prezidenti.
Zelenskiy askarlarning Janubiy Koreyaga qaytarilişi tafsilotlarini keltirmagan. Ukraina ularni 2025 yil yanvar oyida Rossiyaning Kursk viloyatida qölga olgan. Ular Şimoliy Koreya Rossiya – Ukraina uruşiga 2024 yilda qöşilganidan keyin tirik holda asirga tuşgan birinçi Şimoliy Koreya harbiylari bölgan.
Zelenskiy avvalroq uşbu ikki askarni Rossiyada asirlikda saqlanayotgan ukrainaliklarga almaşiş imkoni bölsa, Şimoliy Koreya rahbari Kim Çen Inga topşirişga tayyorligini aytgan edi.
Biroq inson huquqlari taşkilotlari Ukraina rahbarini askarlarni Janubiy Koreyaga qaytarişga çaqirgan. Ular Şimoliy Koreyaga qaytarilgan taqdirda harbiylar jazoga duç kelişi mumkinligidan xavotir bildirgan. Janubiy Koreya ommaviy axborot vositalari esa asirga olingan ikki askar Janubiy Koreyaga ötiş istagini bildirgani haqida xabar bergan.
Janubiy Koreya Taşqi işlar vazirligi harbiylarning qaytarilgani, jumladan, bu qaçon amalga oşirilgani haqidagi malumotlarni tasdiqlamagan. Vazirlik buni askarlar va ularning oilalari xavfsizligi bilan izohlagan.
Janubiy Koreya joriy yilning iyun oyida Rossiya tomonida Ukraina uruşida qatnaşgan va qaytarilişni istamagan barça Şimoliy Koreya harbiy asirlarini qabul qilişini bildirgan edi.
Zelenskiy BMTdagi nutqida Şimoliy Koreyaning Rossiyaga harbiy yordam körsatayotganini ham tanqid qilgan.
“Nega koreyslar Ukrainaga qarşi uruşda jon berişi kerak? Kim Çen In ulardan valyuta kabi foydalanmoqda. Va u evaziga nimadir olyapti”, degan Zelenskiy.
Ukraina va Janubiy Koreya hisob-kitoblariga köra, Şimoliy Koreya 2024 yildan buyon Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşida yordam beriş uçun 14–15 ming nafarga yaqin harbiy yuborgan. Ularning aksariyati Rossiyaning Kursk viloyatiga joylaştirilgan bölib, Rossiya qöşinlariga Ukraina armiyasining hududdagi amaliyotini qaytarişda yordam bergan.
Şuningdek, Şimoliy Koreya Rossiyaga millionlab artilleriya va minomyot snaryadlari, ballistik raketalar, uzoq masofali artilleriya qurollari hamda köp sonli reaktiv tizimlarni yetkazib bergani haqida Ukraina va mustaqil ekspertlar malumotlari mavjud.
Eslatib ötamiz, avvalroq Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Pxenyan tomonidan Rossiya hududiga ittifoqçisini qöllab-quvvatlaş uçun 30 – 50 ming nafargaça Şimoliy Koreya harbiylari yuborilişi rejalaştirilganini aytgandi.