Şimoliy Koreya Rossiyaga 50 minggaça askar yuborişi mumkin
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Pxenyan Rossiya hududiga ittifoqçisini qöllab-quvvatlaş uçun 30 – 50 ming nafargaça Şimoliy Koreya harbiylari yuborilişi rejalaştirilganini aytdi. Bu haqda u 8 avgust kuni X ijtimoiy tarmoğida yozdi.
Zelenskiyning sözlariga köra, Rossiya hududiga 30 mingdan 50 ming nafargaça Şimoliy Koreya askarini joylaştiriş böyiça qaror qabul qilingan. U bu malumotni qanday manbadan olganiga oydinlik kiritmagan.
Zelenskiy Ukraina hududidan Şimoliy Koreyaga tegişli ayrim raketalar ham topilganini, biroq ularning aniq joylaşuvini malum qilmaganini bildirgan.
“Şimoliy Koreya zamonaviy uruş olib boriş böyiça tajribasini oşirişi, Rossiyadan litsenziyalar va turli harbiy vositalar olişi mutlaqo aniq”, degan Ukraina Prezidenti.
U Janubiy Koreyani Kiyev bilan hamkorlikni kuçaytirişga çaqirib, Ukraina havo mudofaasi tizimlari yetişmayotganini takidlagan.
“Biz yetişmayotgan sohada Janubiy Koreyadan qöllab-quvvatlaş olişni juda istardik”, degan Zelenskiy.
Uning aytişiça, Ukraina “Dronlar kelişuvi” va boşqa yönalişlarda ham Seul bilan hamkorlik qilişga tayyor. Zelenskiy Ukraina diplomatlari bu masalada Janubiy Koreya tomoni bilan aloqa olib borayotganini qöşimça qilgan.
Malumot uçun, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Şimoliy Koreya rahbari Kim Çen In 2024 yil iyun oyida Pxenyanda keng qamrovli strategik şeriklik töğrisida şartnoma imzolagan. Hujjatda tomonlardan biri taşqi tajovuzga uçragan taqdirda özaro yordam körsatiş böyiça majburiyat ham belgilangan.
Şimoliy Koreya Rossiyaga harbiylar yuborilişini şartnoma böyiça ittifoqçisini qöllab-quvvatlaş sifatida baholagan.
Malumotlarga köra, 2024 yilda Şimoliy Koreya Rossiyaning Kursk viloyatiga taxminan 14 ming nafar harbiy yuborgan. Ular Ukraina qöşinlarining hududga yirik hujumini qaytarişda Rossiyaga yordam bergan.
Şu oyda Ukraina harbiy razvedkasi vakili “Reuters” agentligiga Şimoliy Koreya raketa bölinmasi Rossiyaning ğarbiy qismiga joylaştirila boşlaganini malum qilgan. Uşbu bölinma 120 ta ballistik raketa va oltita uçirgiç bilan taminlanişi mumkinligi aytilgan.
Ukrainada yuqori darajali havo mudofaasi tizimlari jiddiy yetişmayotgani, Rossiya esa bu vaziyatdan foydalanib, ayniqsa urib tuşiriş qiyin bölgan ballistik raketalardan köproq foydalanayotgani bildirilmoqda.
Ukraina va mustaqil baholaşlarga köra, Şimoliy Koreya Rossiyaga millionlab artilleriya va minomyot snaryadlari, ballistik raketalar, uzoq masofaga möljallangan artilleriya hamda reaktiv zalpli öt oçiş tizimlarini yetkazib bergan.
Eslatib ötamiz, iyul oyida ham Ukraina Prezidenti Rossiyaga 30 ming nafar Şimoliy Koreya harbiysi yuborilişi mumkinligini aytgan edi.