USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Kanada AQŞ bosqiniga qarşi tayyorgarlik kördi – Mark Karni

49 марта
Канада АҚШ босқинига қарши тайёргарлик кўрди – Марк Карни

Kanada oxirgi bir yil davomida AQŞning mamlakatga qarşi harbiy operatsiyasi stsenariysiga tayyorgarlik körgani malum böldi. Bu haqda Kanada Boş vaziri Mark Karni “The New York Times” gazetasiga bergan intervyusida gapirdi.

“Men şunday lavozimni egallab turganda favqulodda past ehtimolli risklarni (tail risk – yuz beriş ehtimoli juda past bölgan, ammo etiborsiz qoldirib bölmaydigan xavflar – tahr.) hisobga olişga majbursiz deb hisoblayman”, deydi Karni Prezident Donald Trampning Kanadani 51-ştatga aylantiriş haqidagi tahdidlarini jiddiy qabul qilasizmi, degan savolga javob berar ekan.

Karnining aytişiça, bu asosiy stsenariy emas, biroq voqealarning bunday rivojlanişiga tayyorgarlik körmaslik masuliyatsizlik bölar edi.

Qayd etiş joiz, Tramp Kanadani Amerikaning 51-ştatiga aylantiriş istagi borligini bir neça bor takidlagan.

“Men Kanadani yaxşi köraman. Oçiğini aytganda, Kanada 51-ştat bölişi kerak. Haqiqatan ham şunday bölişi kerak, çunki Kanada butunlay Qöşma Ştatlarga qaram. Biz esa Kanadaga qaram emasmiz”, degan edi Oq uy rahbari ötgan yilning yozida.

AQŞ 28 milliard dollarlik Kanada tovarlariga 50 foizlik bojlar joriy etgan, Kanada esa sentyabr boşida javob tariflarini kiritdi.

Boş vazirning aytişiça, Ottava muhim texnologiyalar sohasida – kosmik suniy yöldoşlardan tortib qiruvçi samolyotlargaça, şu jumladan Ilon Maskka tegişli Starlink suniy yöldoş aloqa tizimigaça bölgan yönalişlarda Vaşingtonga qaramlikni tizimli ravişda kamaytirmoqda. Kanada, şuningdek, Amerikaning F-35 qiruvçi samolyotlarini xarid qilişga muqobil variantlarni körib çiqmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Yevropa Komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen Kanadaga birinçi assotsiatsiyalaşgan azo bölişni taklif qilgandi. Amerika Prezidenti bunga javoban blokka savdo uruşining yangi bosqiçi bilan tahdid soldi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: