USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲ USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Putin Soçida özi uçun yangi qarorgoh qurdirdi – OAV

139 марта
Путин Сочида ўзи учун янги қароргоҳ қурдирди – ОАВ

Soçida Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning buzib taşlangan “Boçarov ruçey” qarorgohi örnida yangi kompleks qurilişi yakunlanmoqda. Bu haqda BBC xabar berdi.

Naşrning aniqlaşiça, işlar Federal xavfsizlik xizmatining (FXX) davlat mudofaa buyurtmasi asosida olib borilmoqda. 2026 yilning kuzida olingan suniy yöldoş tasvirlarida yangi korpus tomlari körinib turibdi. Quriliş yakunlanayotganidan, şuningdek, bu yil içki pardozlaş – yoritgiçlar, santexnika va eşiklarni örnatiş böyiça mutaxassislar qidirilgani ham dalolat beradi. BBC’ning qayd etişiça, yangi kompleks avvalgisiga qaraganda ança kattaroq maydonni egallaydi.

Davlat mudofaa buyurtmasi böyiça şartnomalar haqidagi malumotlar yopiq, ammo pudratçilar örtasidagi nizo böyiça sud qarorlaridan bazi tafsilotlarni aniqlaşga muvaffaq bölingan. Qurilişning boş pudratçisi “Transstroyinvest kompaniyalar guruhi” (TSI KG) anneksiya qilingan Qrimda röyxatdan ötgan. Işlarning salmoqli qismi supudratçilarga topşirilgan, ular orasida anneksiya qilingan Sevastopoldagi “Voyenmorproyekt-30” loyiha instituti, Orenburgning “SK Başnya”, Moskva viloyatining “Renmedia” kompaniyalari bor.

“Transstroyinvest kompaniyalar guruhi”ning benefitsiari sifatida OAV malumotlariga köra Putinning dösti Arkadiy Rotenberg bilan boğliq bölgan 47 yoşli developer Aleksey Fomenko tilga olinadi. 

Eski “Boçarov ruçey” qarorgohini buziş 2024 yilda boşlangan va 2025 yil sentyabriga kelib uning örnida kotlovan hosil bölgan. Buziliş va uning sabablari haqida rasman xabar berilmagan. Avvalgi kompleksdan faqat 2014 yilgi Olimpiadaga qadar qurilgan “Boçarov ruçey-2” korpusi qolgan. Umuman olganda, Rossiya janubiga dronlar hujumi fonida Putinning Soçiga taşriflari soni sezilarli darajada kamaygan: 2024-2025 yillarda u şaharga faqat tört marta taşrif buyurgan.

2026 yilda FXX “Boçarov ruçey” himoyasini kuçaytirişga va uning atrofida maydoni uç kvadrat kilometrdan ortiq bölgan qöriqlanadigan hudud yaratişga qaror qilgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: