Kim Çen In Putin uçun qarorgoh qurdirmoqda
10-12-2025, 14:37
96 марта

Kim Çen In Putin uçun qarorgoh qurdirmoqda
Şimoliy Koreya poytaxti Pxenyanda bir vaqtning özida uçta haşamatli bino qurilmoqda. Ulardan biri Rossiya Prezidenti Vladimir Putin uçun möljallangan bölişi mumkin. Bu haqda NK News xabar berdi.Malum qilinişiça, binolar Pxenyandagi Kimsusan mehmonlar majmuasi hududida barpo etilmoqda. Har bir qarorgohning maydoni taxminan 13 ming kvadrat metrni taşkil etadi. Suniy yöldoş tasvirlari tahlili uşbu obektlar yaqin oylar içida yuqori martabali xorijiy yetakçilarni qabul qilişga tayyorlanayotganini körsatmoqda.
Qarorgohlar qurilişi bilan bir vaqtda, yaqin hududda yangi qabriston va muzey ham bunyod etilmoqda. Ular Ukrainaga qarşi uruşda halok bölgan şimoliy koreyalik harbiylar xotirasiga bağişlanadi.
Loyiha 2025 yil oktyabr oyi oxirida işçilar uçun katta quriliş lageri taşkil etilişi bilan boşlangan. Noyabr örtalariga kelib esa binolarning bir neça qavati allaqaçon qad rostlagan.
Hozirça Şimoliy Koreya rasmiylari Kim Çen In bilan uçraşiş uçun xorijiy yetakçilar taşrifi haqida elon bermagan. Biroq Ukrainadagi uruş fonida KXDR va Rossiya örtasidagi aloqalar kuçaygani sababli Vladimir Putin yangi rezidentsiyaning asosiy ehtimoliy mehmoni sifatida körilmoqda. Ularning sönggi yuzma-yuz uçraşuvi 2025 yil sentyabrida Pekinda, harbiy parad vaqtida bölib ötgan.
Şunga öxşaş haşamatli qarorgoh 2019 yilda Xitoy raisi Si Tszinpin uçun ham Pxenyanda qurilgan va u atigi tört oyda foydalanişga topşirilgan edi. Hozirgi quriliş ham juda tez suratlarda olib borilmoqda. Bu holat Kim Çen In uşbu loyihani asosiy ustuvor vazifa deb bilayotganini va uni yaqin bir neça oy içida yakunlaş niyatida ekanini körsatadi.