USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Kim Çen In Rossiya uçun uruşda halok bölganlarning oilalariga “gözal hayot” taqdim etişga vada berdi

102 марта

Kim Çen In Rossiya uçun uruşda halok bölganlarning oilalariga “gözal hayot” taqdim etişga vada berdi

Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen In Rossiyaning Ukrainadagi uruşida halok bölganlarning oilalariga “gözal hayot” vada qildi. U marhumlarning qahramonligini uluğlab, ğamgin oilalarga tasalli berişga urindi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

Manbaga köra, Kim marhum askarlarning oilalarini qabul qilib, ularning hayotini saqlab qololmaganidan afsusdaligini bildirgan. Ularning jasorati oilalardan olingan kuç va matonat tufayli yuzaga kelgani takidlangan.


“Ular menga hatto qisqa xat ham yozişmadi. Menimça, ular oilalarini, jumladan sevimli farzandlarini menga topşirgan bölsa kerak. Biz sizga marhumlarning hayoti evaziga himoya qilingan mamlakatda gözal hayot taqdim etamiz”, degan Şimoliy Koreya yetakçisi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Kim Çen In 2025-yilning aprel oyida Ukrainadagi Kursk viloyatida şimoliy koreyalik jangçilar qatnaşganini ilk bor rasman tasdiqladi. Ular bir neça oy bu borada sukut saqlab kelgan edi. Şuningdek, Kim 2024-yilning avgustida Rossiyaga qöşin yuborişga qaror qilganini ham endigina oşkor qildi.

Janubiy Koreya razvedkasining malumotiga köra, Şimoliy Koreya Rossiyaga yordam sifatida 15 ming askar yuborgan va ulardan 600 nafari halok bölgan. Ğarb razvedkasi esa qurbonlar soni 6 mingdan oşganini taxmin qilmoqda.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: