Putin rezidentsiyasiga hujum: Rossiya AQŞga Ukraina dronining “kontrolleri”ni topşirdi
2-01-2026, 17:29
315 марта

Putin rezidentsiyasiga hujum: Rossiya AQŞga Ukraina dronining “kontrolleri”ni topşirdi
Rossiya Mudofaa vazirligi Amerika tomonga navigatsion kontroller taqdim etdi va u Novgorod viloyatida Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning qarorgohiga uçib kelgan Ukrain dronidan olinganini davo qildi. Bu haqda “The Moscow Times” xabar berdi.Naşrning yozişiça, qurilma dron parvozi marşruti böyiça şifrdan çiqarilgan malumotlar bilan birga AQŞning Moskvadagi harbiy attaşe apparati vakiliga topşirilgan. Boş ştabning Boş razvedka boşqarmasi rahbari Igor Kostyukovning aytişiça, Rossiya maxsus xizmatlari tomonidan ötkazilgan şifrni oçiş işlari “bahs-munozarasiz va aniq” tarzda hujumning nişoni aynan Putinning Valdaydagi qarorgohi bölganini tasdiqlagan. Admiral uşbu materiallar “barça savollarga barham beradi va haqiqatni aniqlaşga xizmat qiladi”, degan işonçni bildirgan.
Rossiya Mudofaa vazirligi Novgorod viloyatida urib tuşirilgan Ukraina dronining texnik ekspertiza natijalarini AQŞga topşiriş niyati haqida 1 yanvar kuniyoq elon qilgan.
Bu “The Wall Street Journal” naşrida maqola çiqqanidan söng yuz bergan. Gazeta razvedkadagi manbalarga tayanib, Markaziy razvedka boşqarmasi (MRB) Ukraina Qurolli kuçlari tomonidan Putinning qarorgohiga hujum qilinişiga oid dalillarni topmaganini va bu haqda Prezident Donald Trampga malumot berilganini yozgandi.
Şundan söng, Oq uy rahbari “New York Post”dagi “Putinning “hujum” haqidagi jangovar bayonotlari tinçlik yölida tösiq aynan Rossiya ekanini körsatadi” sarlavhali bölimga havola elon qildi. Oradan köp ötmay, Rossiya Mudofaa vazirligi drondan “parvoz vazifasi yozilgan fayl” ajratib olinganini malum qilib, uning şifrdan çiqarilişi marşrutning yakuniy nuqtasi Prezident qarorgohi ekanini körsatişini davo qildi.