USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“Axloqiy qörqoqlar!” Netanyaxu BMTdagi nutqida musulmon merni tanqid qildi

164 марта
“Ахлоқий қўрқоқлар!” Нетаньяху БМТдаги нутқида мусулмон мэрни танқид қилди

Isroil Boş vaziri Binyamin Netanyaxu BMT Boş Assambleyasining 81-sessiyasidagi nutqida Nyu-York meri Zohran Mamdanini tanqid qilib, Ğazodagi harbiy amaliyotlar yuzasidan Isroilga bildirilayotgan tanqidlarga javob qaytardi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Qayd etilişiça, Netanyaxu nutq sözlayotgan paytda önlab delegatlar norozilik sifatida zalni tark etgan. Isroil Boş vaziri ularni “axloqiy qörqoqlar” deb atagan, zaldagi uni qöllab-quvvatlovçilar esa ibroniy tilida “Isroil xalqi yaşaydi” deya hayqirgan.

“Agar iştirokçilar orasida boşqa axloqiy qörqoqlar bölsa, ularni zalni tark etişga çaqiraman”, degan Netanyaxu tayyorlab qöyilgan nutqini boşlaşdan oldin.

Netanyaxu nutqida Nyu-York meri Zohran Mamdanini öziga “uruş jinoyatçisi” deb atagani uçun tanqid qilgan. Mamdani bu hafta Netanyaxunu “uruş jinoyatçisi va Falastin xalqiga qarşi dahşatli genotsid memori” deb atagan edi.

“Siz meni bu yerga kelişimga tösqinlik qilişga urindingiz. Urdingiz. Meni sukut saqlaşga majburlamoqçi böldingiz. Ammo meni ham, haqiqatni ham sukut saqlaşga majburlay olmaysiz”, degan Netanyaxu Mamdaniga murojaat qilib.

Malumot uçun, Nyu-York meri Zohran Mamdani saylov kampaniyasi davrida Isroil Boş vaziri Binyamin Netanyaxu Nyu-Yorkka kelgan taqdirda uni uruş jinoyatlari böyiça hibsga olişga vada bergandi, biroq keyinçalik bunday vakolatga ega emasligini tan olgandi. Netanyaxu esa Mamdanini HAMASni qöllab-quvvatlaşda ayblagan. Mamdani bu ayblovni rad etib, Isroilning Ğazodagi harbiy harakatlarini tanqid qiliş antisemitizm bilan notöğri boğlanayotganini aytgan.

“Oddiy haqiqat şu: Isroil genotsid sodir etmadi. Isroil genotsidning oldini oldi”, degan Isroil Boş vaziri.

“Mamlakatim va jasur askarlarimiz haqida bu yolğonlarni tarqatayotganlarning barçasiga, ular şu zalda ötirgan böladimi yoki Nyu-Yorkning antisemit meri kabinetidami, aytaman: sizdan uyaliş kerak!”, degan Netanyaxu Mamdanini yana tanqid qilib.

Mamdani Netanyaxu nutqiga javoban bayonot bergan. Unda Nyu-York meri Isroil Boş vaziri falastinliklarga qarşi genotsidni oqlaşga qaratilgan asossiz yolğonlarni takrorlaganini aytgan. Mamdani, şuningdek, Netanyaxu Xalqaro jinoiy sudning uruş jinoyatlari va insoniyatga qarşi jinoyatlar böyiça hibsga oliş orderi obekti bölib qolayotganini takidlagan.

Netanyaxu saylovlar oldidan nutq qildi

Isroildagi umumiy saylovlarga beş haftadan kam vaqt qolgan bir paytda Netanyaxu BMTda qariyb 40 daqiqa nutq sözladi. “Reuters” uning çiqişini saylov kampaniyasiga öxşaş nutq sifatida baholagan.

Netanyaxuning çiqişi Isroildagi asosiy tört telekanalning barçasida praym-taymda jonli efirga uzatilgan. U nutqida Isroilning Eron bilan uruşni ham öz içiga olgan yetti frontdagi harakatlarini namoyiş qilgan. Isroil Boş vaziri, şuningdek, Nyu-Yorkda Isroilni qöllab-quvvatlovçi va Eronga qarşi 500 ta banner hamda önlab yuk maşinalariga şiorlar joylaştirilganini malum qilgan.

Netanyaxu BMTdagi çiqişida Eronga qarşi pozitsiyasini ham kuçaytirgan. U Livanda Eron qöllab-quvvatlaydigan Hizbulloh azolariga qarşi hujum bilan boğliq peyjerni körsatgan va Eron delegatsiyasiga qoldirişini aytgan Starlink suniy yöldoş internet qurilmasini ham namoyiş qilgan.

“Şunda ular ham, muqarrar ravişda, tomonlarini özgartirganlarida, ijtimoiy tarmoqlarda öz hikoyalarini erkin ayta oladilar”, degan u. 

Netanyaxu Eron hukumati xalq tomonidan ağdarilişi vaqt masalasi ekanini ham aytib ötgan.

“Yaşasin Ğazo!”

Malum qilinişiça, BMT qarorgohi yaqinida bir neça yuz nafar namoyişçi yiğilgan. Önlab odamlar yöl harakatini tösib, “Isroilni qurollantirişni töxtating, yaşasin Ğazo!” va “Isroilni qurollantirişni töxtating, yaşasin Eron” degan şiorlarni aytgan. Politsiya ayrim namoyişçilarni uşlab, olib ketgan.

Malumotlarga qaraganda Netanyaxu AQŞga BMTda nutq sözlaş uçun qisqa muddatga bordi va AQŞ Prezidenti Donald Tramp bilan uçraşuv rejalaştirilmagan. Şunga qaramay, Isroil Boş vaziri nutqida Trampni maqtab, uning Isroil uçun eng muhim hamkor ekanini aytgan.

“Biz davlatimizni himoya qilişda davom etamiz. Biz ğalaba qozonişda davom etamiz, çunki boşqa tanlovimiz yöq. Varvarlarga qarşi bu jangda bizda Prezident Trampdan yaxşiroq hamkor bölmagan. Uning jasur rahbarligi uçun unga minnatdorçilik bildiraman”, degan Netanyaxu.

Isroil Ğazodagi uruş boşlanganidan buyon xalqaro maydonda tobora köproq tanqidga duç kelmoqda. Buyuk Britaniya, Frantsiya va Kanada şu oy boşida bosib olingan Ğarbiy sohildagi Isroil aholi punktlariga qarşi sanktsiyalar elon qilgan edi. Netanyaxu uşbu davlatlar rahbarlarini “antisemitik tödalarga ergaşişda”, zaiflik va murosaga moyillikda ayblagan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: