Sobiq içki işlar vaziri prezidentlikka davo qildi
Qirğizistonning sobiq içki işlar vaziri, siyosatçi Omurbek Suvonaliyev mamlakatda 2027 yilda bölib ötadigan prezidentlik saylovida nomzod sifatida qatnaşiş niyati borligini bildirdi. Bu haqda u keça, 24 sentyabr kuni “Azattik” radiosiga bergan intervyusida malum qildi.
Omurbek Suvonaliyev özini köp yillardan beri siyosat bilan şuğullanib kelayotgan şaxs sifatida saylovda amaldagi prezidentga raqobat qila oladigan nomzod deb hisoblaşini aytgan. U şu maqsadda muxolifat kuçlarini birlaştirişga harakat qilişini ham malum qilgan.
“Mening 2027 yilda saylovda nomzod sifatida qatnaşiş niyatim bor. Men saylovga boraman va oxirigaça qatnaşaman. Bu siyosiy kuraş, men öz nomzodimni ilgari suraman”, degan Suvonaliyev.
Uning aytişiça, Qirğizistonda siyosiy maydon sönggi yillarda ança qisqargan. Suvonaliyev, şuningdek, ayrim siyosatçilarning hibsga olingani yoki siyosiy faoliyati çeklangani haqida ham gapirgan.
Malumot uçun, 66 yoşli Omurbek Suvonaliyev avval Qirğiziston içki işlar vaziri lavozimida işlagan, şuningdek, Norin va Talas viloyatlariga rahbarlik qilgan. U 2019–2020 yillarda Qirğiziston Xavfsizlik kengaşi kotibi örinbosari lavozimida ham faoliyat yuritgan.
Suvonaliyev 2011 yilda ham prezidentlik saylovida özini özi nomzod sifatida körsatgan.
Qirğiziston Jogorku Keneşi keça, 24 sentyabr kuni navbatdagi prezidentlik saylovini 2027 yil 27 yanvarda ötkaziş haqida qaror qabul qilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq amaldagi prezident Sadir Japarov avvalroq saylovda yana nomzodini qöyişini bildirgan va barça nomzodlar uçun teng şaroit yaratişga vada bergandi.