USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“Şafqatsizlik”. Janubiy Koreya Prezidenti Zelenskiyni tanqid qildi

230 марта
“Шафқатсизлик”. Жанубий Корея Президенти Зеленскийни танқид қилди

Janubiy Koreya Prezidenti Li Çje Myon Şimoliy Koreya (KXDR) harbiy asirlarining topşirilişi haqida oşkora gapirgan Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyni tanqid qildi. Bu haqda “Yonhap” xabar berdi.

Naşrning yozişiça, Janubiy Koreya Prezidenti Li Çje Myon Nyu-Yorkda bölib ötgan BMT Boş Assambleyasi çoğida Ukraina yaqinda ikki nafar şimoliy koreyalik askarni Janubiy Koreyaga yuborganini malum qilgan Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy şaniga tanqidiy mulohazalar bildirgan.

Zelenskiy mamuriyati ikki nafar şimoliy koreyalik mahbusning Janubiy Koreyaga topşirilişi Seul bilan töğridan töğri muloqot doirasida amalga oşirilganini tasdiqlagan. Li Çje Myon esa uşbu masala juda nozik ekanini hamda diplomatiya va milliy xavfsizlikka, şuningdek, Koreya yarim orolidagi vaziyatga ulkan tasir körsatişi mumkinligini qayd etgan.

“Ukraina malumotlarni oşkor qilmaslik töğrisidagi kelişuvni buzgan holda malum qildi. Malumotlar oşkor etilişi sabablarini bilmayman, ammo bundan afsusdaman”, deydi u.

Uning sözlariga köra, malumotlar oşkor qilingan taqdirda yuzaga kelişi mumkin bölgan köplab muammolarni hisobga olgan holda, Janubiy Koreya va Ukraina şimoliy koreyalik askarlarni maxfiy tarzda topşirişga kelişib olgan.

Şu bilan birga, Janubiy Koreyadagi muxolif partiyalar uşbu kelişuvni maxfiy tutiş qarorini tanqid qilgan. Li Çje Myon esa öz navbatida bunday nozik kelişuv tafsilotlarini oşkora elon qiliş şafqatsizlik va masuliyatsizlik bölişini aytgan.

Eslatib ötamiz, 2025 yilning yanvar oyida Rossiyaning Kursk viloyatida ikki nafar şimoliy koreyalik askar Ukraina kuçlari tomonidan asirga olingani malum bölgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: