Ukraina 100 yil içida ilk bor pölat eritişni butunlay töxtatdi
Joriy yilning sentyabr oyida Ukraina metallurgiya sanoatida mutlaq antirekord qayd etildi. Sönggi 100 yil içida ilk bor mamlakat korxonalari bir tonna ham pölat eritmadi. Bu haqda Kiyevda bölib ötgan Iqtisodiy barqarorlik forumida “Metinvest” xoldingi boş direktori apparati rahbari Aleksandr Vodoviz malum qildi.
Qayd etilişiça, “erişilgan” nol körsatkiç ananaviy ravişda eksport va soliq tuşumlarining asosiy uluşini şakllantirib kelgan davlatning butun pölat quyiş tarmoği töxtaganini anglatadi.
Metallurgiya tsiklining töliq töxtaşiga Rossiyaning sohaning asosiy obektlariga bergan raketa zarbalari asosiy sabab bölgan. Xususan, “Zaporojstal” metallurgiya kombinati va boşqa yirik pölat eritiş zavodlari infratuzilmasining şikastlanişi işlab çiqariş jarayonini falaj qilib qöygan.
“Metinvest” xoldingi vakillarining bayonotiga köra, Ukrainaning deyarli barça asosiy metallurgiya quvvatlari şikastlangan. Bazaviy tsexlarning işdan çiqişi va energetika infratuzilmasining şikastlanişi uzluksiz eritiş tsiklini uşlab turişni imkonsiz qilib qöygan.
Vodoviz zarur moliyalaştiriş hajmi va taklif etilayotgan davlat qöllab-quvvatlovi örtasidagi sezilarli tafovutni qayd etgan. Uning malumotlariga köra, rasmiylar “Metinvest”ga 2 dan 5 million grivnagaça miqdorda yordam taklif qilgan, vaholanki bitta sanoat peçining qiymati taxminan 500 million dollarni taşkil etadi, uni işga tuşiriş xarajatlari esa 50 million dollarga baholanmoqda. “Metinvest” ixtiyorida esa beşta şikastlangan peç bor, Arcelor korxonasida esa ikkita.
Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiya kuçlari Ukraina hududlariga hujum qilgani haqida xabar berilgan edi. Kiyevda zarba oqibatida 2 kişi halok bölib, kamida 8 kişi jarohatlangan.