USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Şotlandiyadagi orolda 34 yildan keyin ilk bor çaqaloq tuğildi

118 марта
Шотландиядаги оролда 34 йилдан кейин илк бор чақалоқ туғилди

Şotlandiyaning çekka Şimoliy Ronaldsey orolida 34 yil içida ilk bor çaqaloq dunyoga keldi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Qayd etilişiça, Dunkan Uaylder Torsteyn Treyll Suares Ford ismli çaqaloq joriy yilning 15 sentyabr kuni tuğilgan. Uning onasi Elis Treyll Fordning aytişiça, bu Şimoliy Ronaldsey orolida 34 yil içida qayd etilgan ilk tuğiliş hisoblanadi.

Şimoliy Ronaldsey Orkney arxipelagining eng şimoliy oroli bölib, uzunligi qariyb 5 kilometr, eni esa 3 kilometrni taşkil qiladi. 2024 yildagi Şotlandiya hukumati malumotlariga köra, orolda 72 kişi yaşagan. Hozir esa Elis Treyll Fordning aytişiça, orol aholisi 51 kişini taşkil etadi.

Elis Treyll Ford va uning bölajak turmuş örtoği Xorxe Suares oilasi bilan Kosta-Rika va Şimoliy Ronaldsey örtasida yaşab keladi. Dastlab farzandini Kosta-Rikada dunyoga keltirişni rejalaştirgan. Biroq orolga kelganidan keyin tuğruq rejasini özgartirgan.

“Men şu zahoti bu farzandim uçun eng öziga xos, sehrli va iliq muhitdagi tuğruq bölişini his qildim”, deydi Treyll Ford.

U farzandini ajdodlari tomonidan qurilgan Holland uyi binosida dunyoga keltirgan. Uning sözlariga köra, oilasi 1727 yildan beri orol bilan boğliq va u har yili gödakligidan buyon Şimoliy Ronaldseyga qaytib keladi.

“Bu orol mening ulğayişimda katta örin tutgan. Şuning uçun ajdodlarim yaşagan şu maskanda özimni juda yaqin va özimga tegişlidek his qildim”, deydi u.

Çaqaloq tuğilgani orol aholisini ham xursand qilgan. Treyll Ford mahalliy aholiga omad ramzi sifatida tört bargli beda va “groatie buckies” deb ataladigan kiçik çiğanoqlar bilan bezatilgan viski idişçalarini tarqatgan.

Treyll Fordning fikriça, orolda uzoq vaqt davomida bolalar tuğilmaganiga tibbiy xizmatlarning çeklangani sabab bölişi mumkin. Şimoliy Ronaldseyda şifokor yoki şifoxona yöq, faqat doimiy hamşira faoliyat yuritadi.

Uning aytişiça, oroldan Orkney materiagidagi Kirkuoll şahriga qayiqda yetib boriş taxminan 2 soat 40 daqiqa vaqt oladi. Favqulodda vaziyat yuzaga kelganida esa sohil qöriqlaş xizmati vertolyoti çaqirilişi mumkin.

Eslatib ötamiz, avvalroq Janubiy Koreyaning kiçik bir şaharçasida sönggi 17 yil içida birinçi marta bola tuğilgani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: