Yangi yilning birinçi sutkasida Xorazmda neça nafar çaqaloq tuğildi?
2-01-2026, 13:28
1 137 марта
Yangi yilning birinçi sutkasida Xorazmda 65 nafar çaqaloq tuğildi2026 yilning 1 yanvar kuni Özbekiston böylab jami 1815 nafar çaqaloq dunyoga keldi. Bu haqda Soğliqni saqlaş vazirligi malum qildi.
Malumotlarga köra, yangi yilning ilk kuni tuğilgan gödaklarning 894 nafari qiz, 921 nafari öğil bola bölgan.
Hududlar kesimida eng köp çaqaloq Surxondaryo viloyatida — 243 nafar tuğilgan. Undan keyingi örinlarni Farğona (216 nafar), Namangan (194 nafar), Qaşqadaryo va Samarqand viloyatlari (191 nafardan) egallagan.
Xorazm viloyatida esa yangi yilning birinçi sutkasida 65 nafar çaqaloq dunyoga kelgan. Bu körsatkiç viloyatda hayot uzluksiz davom etayotgani, yangi yil yangi umidlar bilan boşlanganining ramzi sifatida baholanmoqda.
Şuningdek, 1 yanvar kuni tuğilgan bolalar orasida 17 ta egizak holati qayd etilgan bölib, jami 37 nafar bola egizak sifatida dunyoga kelgan. Ulardan:
- 30 nafari — ikki homilalik,
- 3 nafari — uç homilalik,
- 4 nafari — tört homilalik egizaklar hisoblanadi.