Xorazm viloyatida töqqiz oyda neçta çaqaloq dunyoga kelganligi aytildi.
20-12-2025, 21:01
307 марта
Xorazm viloyatida töqqiz oyda 33 mingdan ortiq çaqaloq dunyoga keldiJoriy yilning yanvar–sentyabr oylarida Özbekistonda demografik ösiş yuqori suratlarda davom etdi. Bu haqda Milliy statistika qömitasi malum qildi.
Malumotlarga köra, Xorazm viloyatida töqqiz oy davomida 33 011 nafar çaqaloq tuğilgan. Bu körsatkiç respublika hududlari orasida nisbatan pastroq bölsa-da, viloyatda aholi sonining barqaror ösib borayotganidan dalolat beradi.
Tahlillarga köra, eng köp tuğiliş Samarqand viloyatida qayd etilgan bölib, u yerda 80 903 ta çaqaloq dunyoga kelgan. Keyingi örinlarda Qaşqadaryo (75 116 ta) va Farğona (74 614 ta) viloyatlari joy olgan.
Şuningdek, Buxoro viloyatida 32 624 ta, Qoraqalpoğiston Respublikasida 29 523 ta, Navoiy viloyatida esa 18 594 ta tuğiliş qayd etilgan. Eng kam tuğiliş Sirdaryo viloyatiga töğri kelib, u yerda 15 879 ta çaqaloq dunyoga kelgan.
Mutaxassislar fikriça, tuğiliş körsatkiçlariga hududlardagi ijtimoiy şaroit, aholi soni va yoş tarkibi bevosita tasir körsatadi.