USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲ USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekistonda 2026 yilning ilk kunida qança çaqaloq tuğildi?

586 марта

Özbekistonda 2026 yilning ilk kunida qança çaqaloq tuğildi? 

2026 yil 1 yanvar soat 17:00 holatiga köra, Özbekistonda jami 1094 nafar çaqaloq dunyoga keldi. Bu haqda Soğliqni saqlaş vazirligi xabar yuyerdi.

Qayd etilişiça, ularning: 
  • 539 nafari öğil; 
  • 555  nafari qiz. 
Eng köp tuğiliş Farğona viloyatida (138 nafar) qayd etilgan. Şuningdek, hududlar kesimida keyingi örinlarni:  
  • Surxondaryo viloyati (135 nafar);
  • Samarqand  viloyati (125  nafar);
  • Qaşqadaryo  viloyati (121 nafar);
  • Namangan  viloyati ( 110 nafar) band etdi.  
Eng kam tuğiliş esa Sirdaryo viloyati (19 nafar) hissasiga töğri kelgan. 
Tuğilganlar orasida 17 egizak (jami 37 nafar bola) bor, yani 30 nafari ikki homilalik, 3 nafari 3 homilalik, 4 nafari esa 4 homilalik egizakdir.  

Ayni paytda şifokorlar gödaklarning barçasiga belgilangan standartlar böyiça sifatli tibbiy xizmat körsatmoqda. 

“Yurtimizda davom etayotgan dam oliş kunlarida qator tibbiyot muassasalari bilan birga, tuğuruq komplekslarida ham tibbiyot xodimlari işlamoqda. Jumladan, bayram kunlari respublika böylab jami 4913 nafar akuşer-ginekolog, neonatolog, doya hamda hamşiralar navbatçilik asosida aholiga xizmat körsatmoqda”, deyiladi xabarda.
Malumot uçun, Özbekistonda 2021 yilning şu davrida 1086 nafar, 2022 yilda – 1448 nafar, 2023 yilda – 1312 nafar, 2024 yilda – 1043 nafar, 2025 yilda – 1040 nafar çaqaloq dunyoga kelgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: