“Bu öyinçoqmi, bolalar öyinimi?” Putin tinçlik kelişuvi haqida gapirdi
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukrainadagi uruşni tugatiş böyiça barça takliflar hali ham muhokama uçun oçiq ekanini, biroq Moskva öz manfaatlarini hisobga olişi kerakligini bildirdi. Bu haqda u keça, 25 sentyabr kuni jurnalistlar bilan suhbatda söz oçdi.
Putinning aytişiça, Rossiya ötgan haftadagi parlament saylovlaridan keyin Ukraina bilan muzokaralarni qayta boşlaşga tayyor bölgan, ammo Kiyev Moskvaga hamda saylov uçastkalariga hujumlar uyuştirgan.
Rossiyaning ikkinçi yirik şahri Sankt-Peterburgda jurnalistlar bilan suhbatda Putin provokatsion hujumlarni Ukraina boşlaganini va endi Kiyev Rossiyaning uzoq davom etadigan javob zarbalarini his qilişini aytgan.
“Buni ular boşladi. Hamma joyda, har bir frontda. Bu öyinçoqmi, bolalar öyinimi?”, degan Putin Rossiya davlat telekanallarida namoyiş etilgan çiqişida.
“Şuning uçun ular Rossiyaning javob zarbalarini his qilişi va heç qanday provokatsion harakatlar, natijaga erişiş uçun vaziyatni keskinlaştiriş urinişlari iş bermasligini tuşunişi kerak. Ular faqat özlarining ahvolini oğirlaştirmoqda”, degan u.
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy esa Rossiya hududiga qilingan hujumlar Ukraina fuqarolari va infratuzilmasiga berilgan zarbalarga javob ekanini aytgan. Şu bilan birga, u uruşni hal qiliş uçun Rossiya bilan töğridan-töğri muzokaralar ötkazişga çaqirib kelmoqda.
Putin Rossiyaning javob zarbalari Ukraina tomonining öt oçişni töxtatiş va muzokaralarni qayta boşlaş haqidagi çaqiriqlariga sabab bölganini bildirgan.
“Ularning barçasi stol ustida. Hammasi mumkin. Biroq ular qilgan barça işlardan keyin biz javob sifatida nimalar qilişimiz kerakligini hali ham yaxşilab öylab körişimiz kerak”, degan Putin tinçlik böyiça takliflar haqida.
Rossiya qöşinlari uzoq vaqtdan beri Ukraina şaharlariga, asosan tunda, zarbalar berib kelmoqda. Sönggi haftalarda esa Kiyev va boşqa şaharlarga dronlar va raketalar bilan kun böyi davom etadigan hujumlar ham kuçaygan. Jumladaneça, kuni Kiyevga berilgan havo zarbalari oqibatida 7 kişi halok bölgandi.
Ukraina ham bir neça oydan beri Rossiya hududidagi nişonlarga köplab zarbalar bermoqda. Ularning asosiy nişonlari neft sanoati obektlari va yoqilği sotiş şoxobçalari bölib, ayrim hujumlar Ukraina çegarasidan 3 ming kilometrgaça uzoqlikda amalga oşirilgan.
Putinning aytişiça, Ukrainaning yangi muzokaralar ötkazişga çaqiriqlariga Kiyev harbiylarining reaktiv dronlarga qarşi kuraşdagi qiyinçiliklari ham sabab bölmoqda. Uning takidlaşiça, bunday dronlar balandroq balandlikda uçadi va ularni tutib qoliş qiyinroq.
Rossiya Prezidenti iyun oyida Sankt-Peterburgda xalqaro konferentsiya ötkazilayotgan vaqtda Ukraina tomoni şaharga ommaviy hujumlar uyuştirganini aytgan. Uning sözlariga köra, Kiyev ötgan hafta Rossiya parlamenti saylovlarining asosiy kunida ham Moskvaga ommaviy hujumlar qilgan.
Putin Ukraina kuçlari saylov uçastkalariga ham hujum qilganini va bu oqibatida bir nafar saylov komissiyasi xodimi halok bölib, boşqalar yaralanganini bildirgan. Şuningdek, Putin AQŞ Prezidenti Donald Tramp va Xitoy rahbari Si Tszinpinning bu hafta Vaşingtonda ötkazgan muzokaralariga töxtalib, Moskva Vaşington va Pekin örtasidagi “ijobiy xususiyatga ega har qanday kelişuv”ni olqişlaşini aytgan.
Rossiya rahbarining malum qilişiça, uning Xitoyda bölib ötadigan bölajak Osiyo – Tinç okeani iqtisodiy hamkorligi (ATES) sammitida iştirok etişi Rossiyadagi içki vaziyatga boğliq böladi.