Yana ikki davlat Eron samolyotlariga osmonini yopdi
Birlaşgan Arab Amirliklari va Iroq AQŞ sanktsiyalarini ijro etiş doirasida Eron aviakompaniyalarining parvozlarini töxtatdi. BAA barça Eron reyslarini bekor qilgan bölsa, Iroqning Najaf, şuningdek Kurdiston hududidagi Erbil va Sulaymoniya aeroportlarida Eron bilan parvozlar töxtatilmoqda. Bu haqda “Al Arabiya” xabar berdi.
Qayd etilişiça, BAA fuqaro aviatsiyasi boşqarmasi mazkur qarorni AQŞning Eron aviakompaniyalariga qarşi sanktsiyalari sabab qabul qilgan. Dubay Eron aviakompaniyalari uçun muhim yönalişlardan biri hisoblanadi. Eronning bir neçta aviakompaniyalari Dubayga kuniga bir neça marta parvozlarni amalga oşirib kelgan. Şaharda Erondan katta guruh istiqomat qiladi va ikki davlat örtasida yaqin biznes aloqalari mavjud.
BAA bundan avval ham Eronga nisbatan çeklovlar joriy qilgan. Xususan, ötgan oy mamlakat Eron bilan savdo va moliyaviy operatsiyalarni töxtatgan. Joriy yilning 23 sentyabr kuni esa BAA Markaziy banki Eronning “Bank Melli” banki filiallarining mamlakatga va mamlakatdan pul ötkazmalarini bloklagan.
AQŞ sentyabr oyining boşida Eron aviatsiya sektoriga qarşi sanktsiyalar joriy qilgan va uşbu soha bilan hamkorlik qiluvçi kompaniyalarga nisbatan qatiy çoralar körişini bildirgan. Kompaniyalarga Eron samolyotlariga yonilği quyişni töxtatiş kabi talablarni bajariş uçun 24 sentyabrgaça muddat berilgan.
Şundan söng, Eronning asosiy aviakompaniyalari xalqaro reyslarini bekor qilişga majbur bölgan. Şunga qaramay, ayrim kiçik Eron aviakompaniyalari, xususan, Xitoy va Armanistonga parvozlarni davom ettirmoqda.
Iroqning şialar uçun muqaddas şahar hisoblangan Najafdagi xalqaro aeroport ham Eron bilan barça aviaqatnovlarni töxtatdi. Bu haqda aeroport direktori Husayn Muhanna malum qilgan.
Uning aytişiça, Eron va Najaf aeroporti örtasidagi barça reyslar Najaf gubernatoriga Boş vazir devonidan berilgan körsatma ortidan töxtatilgan.
Şuningdek, Iroq Kurdistonidagi Erbil va Sulaymoniya aeroportlari ham keça, 25 sentyabrdan Eron bilan parvozlarni töxtatişi malum qilingan.
Najaf aeroporti Eron bilan aviaqatnovlar uçun muhim markazlardan biri hisoblanadi. Uşbu reyslar asosan Iroqdagi şia ziyoratçilarini Eronning muqaddas şaharlariga, şuningdek eronliklarni Iroqdagi ziyoratgohlarga olib borişda foydalanilgan. Parvozlardan Eronda tahsil olayotgan iroqlik talabalar va davolaniş uçun borayotgan bemorlar ham foydalangan.
Iroq va Eron örtasidagi yaqin aloqalar ikki davlatning diniy va siyosiy riştalari bilan boğliq. Najaf aeroporti direktori Eron aviakompaniyalari bilan parvozlar keça, 25 sentyabr kuni soat 02:00 da töxtatilganini bildirgan.
Malumotlarga köra, Iroq AQŞning Eron aviakompaniyalariga qarşi çeklovlarini ijro etişga qaror qilgan davlatlar qatoriga qöşilgan. Bunga qadar BAA ham xuddi şunday çorani joriy qilgan.
Eron aviakompaniyalarining xalqaro reyslarini töxtatiş böyiça çeklovlar boşqa davlatlarda ham joriy etilgan. Turkiya va Xitoyga yönalişlar esa hozirça oçiq qolgan.
Şuningdek, 25 sentyabr kuni Turkmaniston Tehrondan Duşanbega uçayotgan Eron samolyotini ortga qaytargan. Eron fuqaro aviatsiyasi taşkiloti vakili Majid Axtavanning aytişiça, bunga Turkmanistonning Eron aviakompaniyalariga parvoz uçun ruxsat bermagani sabab bölgan.
Eronning qariyb 30 ta aviakompaniyasi mavjud bölib, ularning aksariyati içki va mintaqaviy yönalişlarda faoliyat yuritadi. “Iran Air” milliy aviakompaniya, “Mahan” esa xalqaro qatnovlarda faol bölgan yirik xususiy taşuvçilardan hisoblanadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Eron qöşni davlatlar AQŞ bilan hamkorlik qilib, Eron reyslarini töxtatsa, ularning aeroportlari faoliyatini izdan çiqarişini malum qilgan edi.