USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

2015 yildan keyin tuğilganlarga sigaret sotiş umrbod taqiqlanadi

166 марта
2015 йилдан кейин туғилганларга сигарет сотиш умрбод тақиқланади

Turkiyada 2015 yildan keyin tuğilgan insonlar uçun sigaret sotilişi va çekilişi butun umr taqiqlaniş arafasida. Tasdiqlanişi kutilayotgan qaror içida yana boşqa bir neça moddalar ham bor. Bu haqda “Sözcü” xabar berdi.

Qayd etilişiça, mamlakat Soğliqni saqlaş vazirligining Turkiya Deputatlar Majlisi etiboriga taqdim qilişga tayyorlanayotgan qaror taklifi rejasiga köra ayollar va bolalar orasida keng tarqalgan “slim” (ingiçka) sigaretlar sotuvi butkul bozordan çiqariladi. Tayyorlangan reja joriy yilning oktyabr oyida Deputatlar Majlisiga taqdim qilinadi. Bu bilan tamaki mahsulotlaridan foydalaniş foizini tuşiriş maqsad qilinyapti.

Yaşiloy Bilim taşkiloti azosi va Soğliqni saqlaş bilimlari universiteti öqituvçisi professor Toker Ergudar ayollarda sigaret çekiş foizining oxirgi 10-15 yilda taqriban 40-50 foiz ortgani, 15-24 yoş ayollarda esa 90 foiz oşganini malum qilgan.

Ayollar va bolalarni tamaki mahsulotlaridan himoya qilişni közda tutgan qaror rejasida voyaga yetmagan şaxslarning sotiş nuqtasida karta yoki pasport identifikatsiya qilişi tizimlari amalga oşirilişi kutilyapti.

Restoran va oşxonalarning oçiq maydonlarida ham sigaret çekiş qatiyan taqiqlanadi. Park, boğ va jamoatçilik binolarining xovlilarida çetdan körinmaydigan darajada mahsus hududlar taşkil qilinadi. Mamlakat bu bosqiçli çeklovlar bilan 2040 yilgaça Turkiya miqyosida tamaki mahsulotlarining işlab çiqarilişi va sotilişini butkul nihoyasiga yetkazişni reja qilyapti.

Eslatib ötamiz, avvalroq Buyuk Britaniya parlamenti “Tamaki mahsulotlari va veyplar töğrisida”gi qonunni (Tobacco and Vapes Bill) yakuniy tarzda tasdiqlagani haqida xabar berilgan edi. Unga köra, 2009 yil 1 yanvarda yoki undan keyin tuğilgan barça fuqarolar uçun sigaret sotilişiga umrbod taqiq joriy etildi.

Azizbek Hamdamov

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: