Dunyoda qança odam sigaret çekişi malum böldi
7-10-2025, 13:50
106 марта

Dunyoda qança odam sigaret çekişi malum böldi
Keça, 6 oktyabr kungi malumotlarga köra, dunyo böylab 100 mln odam, jumladan 15 mln ösmir sigaret çekişi malum böldi. Bu haqda Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) xabar berdi.JSST elon qilgan yangi hisobotda 13 yoşdan 15 yoşgaça bölgan ösmirlar orasida elektron sigaret va veyping istemolçilari soni 15 mln atrofida ekani malum qilindi.
Şuningdek, 15 va undan katta yoşdagilarning kamida 86 mln nafari elektron sigaret çekadi. Foizlarga qaralsa, bu körsatkiç kattalarning 1,9 foizini (erkaklarning 2,3 foizini va ayollarning 1,5 foizini) taşkil qiladi.
JSSTning takidlaşiça, sönggi yillarda köplab mamlakatlar bolalar örtasida sigaretlar istemoliga qarşi kuraşni boşlagan, biroq 62 ta mamlakat hali heç qanday çoralar körmagan va 74 mamlakatda ularni sotib oliş huquqini beradigan minimal yoş mavjud emas.
“Elektron sigaretlar sayyorada nikotinga qaramlikning yangi tölqiniga olib kelişi mumkin. Ular çekişning zararini kamaytiriş usuli sifatida sotilmoqda, biroq bu bolalarni erta yoşdan nikotinga jalb qilmoqda va yillar davomida olib borilgan islohotlarni bekor qiliş bilan tahdid qilmoqda”, deydi JSSTning yuqumsiz kasalliklar, nogironlik, zöravonlik va jarohatlarning oldini oliş departamenti direktori Eten Krug.JSST hisob-kitoblariga köra, global tamaki istemolçilari 2000 yildagi 1,38 mlrd kişidan 2024 yilda 1,2 mlrdga kamaygan. 2010 yildan beri tamaki istemol qiladiganlar soni 120 mlnga (27 foiz) kamaygan. Ayollar orasida çekuvçilar uluşi 2010 yildagi 11 foizdan 2024 yilda 6,6 foizga kamaygan bölsa, erkaklar orasida bu körsatkiç 2010 yildagi 41,4 foizdan 2024 yilda 32,5 foizga kamaygan.