USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Rossiyada 555 metrlik noodatiy osmonöpar bino quriladi

108 марта
Россияда 555 метрлик ноодатий осмонўпар бино қурилади

Rossiyaning Sankt-Peterburg şahrida balandligi 555 metr bölgan “Laxta Tsentr – 3” osmonöpar binosi quriladi. Bu haqda “Naked Science” xabar berdi.

Qayd etilişiça, Rossiya Boş davlat ekspertizasi “Laxta Tsentr – 3” osmonöpar binosining loyiha hujjatlariga ijobiy xulosa bergan. Tegişli malumot quriliş obektlari loyiha hujjatlari ekspertizasi xulosalarining yagona davlat reyestriga kiritilgan.

Baland binoni Sankt-Peterburgning Laxta-Olgino munitsipal okrugida quriş rejalaştirilgan. Loyihani amalga oşiruvçi kompaniya “Sinergiya”, texnik buyurtmaçi esa “Renkons” hisoblanadi.

Memoriy loyiha ikkita özaro burama spiral şaklidagi konstruktsiyani nazarda tutadi. Ular markazdagi bir neça qavat balandligidagi atriumlar atrofida binolarning asosiy hajmini şakllantiradi.

Binoning 43, 70 va 88-qavatlarida kafe hamda kökalamzorlaştirilgan hududlarga ega qişki boğlar va dam oliş maydonlari taşkil etilişi közda tutilgan.

Birinçi va 100-qavatlarda nooziq-ovqat mahsulotlari dökonlari, dorixona kioskasi hamda suvenir savdosi uçun joylar böladi. Binoning yuqori qismida esa körgazma maydoni va kuzatuv maydonçasi joylaştiriladi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Tojikiston poytaxti Duşanbe şahrida 77 qavatli, balandligi 340 metr bölgan “Duşanbe” minorasi va 52 ta obektdan iborat yirik memoriy majmua qurilişi boşlangani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: