Hokimliklar uçun yangi binolar quriladi
24-10-2025, 16:42
117 марта
Hokimliklar uçun yangi binolar quriladiHukumat qaroriga köra, hokimliklar uçun yangi binolar quriladi. Qaror bilan tegişli tuman (şaharlar)ning 2025-2026 yillarda jadal kompleks rivojlantiriş dasturlari va bir joyda optimal joylaştiriladigan tuman (şahar) mahalliy boşqaruv organlari röyxati tasdiqlandi.
Yangi mamuriy binolar foydalanişga qabul qilingandan söng ularning 1 va 2-qavatlari ustuvor ravişda savdo va servis faoliyatini amalga oşiriş uçun belgilangan tartibda “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auktsion savdolari orqali ijaraga beriladi.
Tuman (şahar)lar mahalliy boşqaruv organlari uçun yangi mamuriy binolarning loyiha-smeta hujjatlarini işlab çiqiş, quriliş-montaj va obodonlaştiriş işlarini amalga oşiriş doirasida:
- buyurtmaçilar etib – Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi va viloyatlar hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmaçi xizmati” injiniring kompaniyalari belgilandi;
- boş loyiha va boş pudrat taşkilotlari qonunçilikda belgilangan tartibda aniqlanadi.
Loyigaga köra, yangi mamuriy binolarning loyiha-smeta hujjatlarini işlab çiqiş, quriliş-montaj va obodonlaştiriş işlarini 2026 yil 1 dekabrga qadar yakunlaş belgilab qöyildi.