USD: 11,973 söm ▲ EUR: 13,437 söm ▲ RUB: 147 söm ▲ GBP: 16,113 söm ▲ CNY: 1,796 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,260 söm ▲ USD: 11,973 söm ▲ EUR: 13,437 söm ▲ RUB: 147 söm ▲ GBP: 16,113 söm ▲ CNY: 1,796 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,260 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Endi köça va bozorlardagi tartibsiz savdoga çek qöyiladi

626 марта

Endi köça va bozorlardagi tartibsiz savdoga çek qöyiladi

Edi köçalarda ruxsatsiz kiçik dökonlar oçib, tartibsiz savdo qilayotganlar faoliyati töxtatiladi hamda noqonuniy qurilgan tadbirkorlik obektlari buzib taşlanadi.
Bu boradagi yangi tartib Hukumatning 478-son qarorida belgilab qöyildi.

Joriy yil 1 oktyabrdan boşlab umumiy ovqatlaniş, savdo va xizmat körsatiş sohasidagi tadbirkorlik subektlari uçun öziga tegişli bino va inşootlarga hamda yer uçastkalariga tutaş bölgan, davlat organlari va taşkilotlariga doimiy foydalanişga berilgan aholi punktlarining umumiy foydalanişdagi yer uçastkalaridan (soğliqni saqlaş, talim va maktabgaça talim taşkilotlariga tegişli yer uçastkalari bundan mustasno) mavsumiy umumiy ovqatlaniş, savdo va xizmat körsatiş faoliyatini (keyingi örinlarda — tijorat faoliyati) amalga oşiriş uçun haq evaziga ijara huquqi asosida foydalaniş tizimi amaliyotga joriy etiladi.

Hujjatga muvofiq, mahalliy hokimliklar, jumladan, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Soliq qömitasi, Kadastr agentligi, Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi hamda Içki işlar vazirligi bilan birgalikda öziga tegişli bölmagan yer uçastkasida norasmiy tarzda tijorat faoliyatini amalga oşirayotgan tadbirkorlik subektlarining röyxatini va ular töğrisidagi malumotlarni (joylaşgan joyi, faoliyat turi, egallangan yer maydoni) quyidagi bosqiçlarda xatlovdan ötkazişlari lozim:
  • birinçi bosqiç — barça tuman (şahar)lardagi markaziy köçalarda 2025 yil 1 sentyabrga qadar;
  • ikkinçi bosqiç — qolgan köçalarda 2025 yil 1 oktyabrga qadar.
Mahalliy hokimliklar manfaatdor davlat organlari va boşqa taşkilotlar bilan birgalikda 2025 yil 1 oktyabrdan boşlab xatlov natijasida aniqlangan obektlarning mazkur qarorda belgilangan tartibda qonuniy faoliyat yuritişi yoki hududning böşatilişini taminlaydi.

Bunda joylaştiriş sxemasiga muvofiq bölgan tijorat faoliyati obektlari «dizayn-kod»ga asosan loyihalar tasdiqlangunga (2026 yil 1 fevral) qadar uşbu bandga köra faoliyati qonuniylaştirilib, ijara şartnomasi tuzilgan obektlarda tadbirkorlar tomonidan har qanday qöşimça qurilişlar, maydon, fasad va mavjud yengil konstruktsiyalarning konstruktiv elementlarini özgartirişga yöl qöyilmaydi, şunday işlar amalga oşirilgan taqdirda, tutaş maydonda joylaşgan obektlar belgilangan tartibda buziladi hamda yangi şartnoma tuzilmaydi.

2025 yil 1 oktyabrdan boşlab esa har yili 1 yanvarga qadar tuman (şahar) quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi, kadastr, soliq idoralari takliflari asosida, tuman (şahar) hokimlarining qarori bilan kelgusi yil uçun tuman (şahar) hududidagi aholi punktlarining umumiy foydalanişdagi yer uçastkalarida tijorat faoliyati obektlarini joylaştiriş sxemasi tasdiqlanadi.

Nizom, şuningdek, Mazkur Nizom köp qavatli binolardagi (uylardagi) noturar joylarda tijorat faoliyatini amalga oşirayotgan tadbirkorlik subektlari tomonidan qöşimça yengil qurilmalarni quriş bilan boğliq munosabatlarga ham tatbiq etiladi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: